86 NAFAR KUTUBXONACHILAR HUQUQLARI TIKLANDI
Pop tuman adliya bo`limi tomonidan tumandagi umumiy o`rta ta’lim maktablarida faoliyat ko`rsatib kelayotgan bir guruh kutubxonachilarining qo`shimcha ish haqi to`lanmayotganligidan norozi bo`lib qilgan murojaatlari o`rganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.
Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to`lash shartlarini tartibga solish to`g`risida”gi 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi muassasalarining qo`shimcha haq to`lanadigan xodimlarining lavozimlari ro`yxati, qo`shimcha haqning Turlari va Miqdorlarining 23-bandida Maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar, o`rta maxsus va hunar — texnika o`quv yurtlari kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug`ullanganliklari uchun mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qo`shimcha haq to`lanishi belgilangan.
Biroq, monitoring va tahlillar davomida tumandagi umumta’lim maktablarining 86 nafar kutubxonachilariga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug`ullanganliklari uchun mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida, ya’ni 2021-yil uchun 31 310 004 (o‘ttiz bir million uch yuz o‘n ming to‘rt) so`m, 2002-yil 5 oyi uchun 15 785 375 (o‘n besh million yeti yuz sakson besh ming uch yuz yetmish besh) so`m, ja’mi 47 095 379 (qirq yetti million to`qson besh ming uch yuz yetmish to`qqiz) so`mlik qo`shimcha haq to`lanmaganligi aniqlandi.
Ushbu qonunbuzilish holati yuzasidan tuman xalq ta’limi bo`limiga taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan ta’sir chorasiga asosan tumandagi xalq ta’limi bo`limiga qarashli ta’lim muassasalaridagi kutubxonachilarga berilmagan qo`shimcha ish haqlari qayta hisob-kitob qilinishi ta’minladi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi