Adliya aralashuvi bilan tadbirkorga kompensatsiya undirib berildi
Namangan shahrida faoliyat olib boruvchi tadbirkor B.M.ning Namangan shahar hokimligidan kompensatsiya to‘lovlarini undirishni so‘rab qilgan murojaati Namangan shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida, Namangan shahar, Uychi ko‘chasida joylashgan B.M.ga tegishli bo‘lgan “Savdo do‘koni” bino-inshootlari joylashgan yer maydoni davlat va jamiyat extiyojlari uchun olib qo‘yilishi natijasida buzilishga tushganligini, qonun talabiga bo‘ysungan holda buzilishiga qarshilik ko‘rsatmaganligini, biroq javobgar qonun talablarini bajarmay, bino-inshootlar 2016 yilda buzib olingan bo‘lishiga qaramay hanuzga qadar ko‘rgan zararlari qoplab berilmaganligini, Namangan shahar xokimligiga fuqaro B.Mamatxanovga tegishli bo‘lgan savdo do‘koni joylashgan yer uchastkasini davlat va jamoat extiyoji uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan buzilishga tushganligi sababli, unga qanday turdagi kompensatsiya (yer uchastkasi, pulli kompensatsiya) berilganligi xaqida maʼlumot so‘rab yuborilgan so‘rov xatiga Namangan shahar qurilish bo‘limi tomonidan berilgan 21.05.2021 yildagi 07/3120- sonli javob xatida fuqaro B.Mamatxanovga tegishli savdo do‘koni buzilishga tushganligini, shu munosabat bilan unga kompensatsiya sifatida Namangan shahar hokimining 16.10.2017 yildagi 1308-sonli qaroriga asosan G‘uncha qurilish kvartalidan 713-sonli yer uchastkasi yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratib berilganligi maʼlum qilinganligini, B.Mamatxanovga tegishli savdo do‘koni garchand mazkur do‘kon joylashgan yer uchastkasi davlat va jamoat extiyojlari uchun olib qo‘ylishi munosabati bilan buzib tashlangan bo‘lsada, faqat 400 kv.metr yer ajratib berish bilan cheklanib, unga yetkazilgan moddiy zarar qoplab berilmaganligini, buzilgan bino-inshootlarning qiymatini “Universal baho” MCHJning 18.05.2021 yildagi baholash xisobotida uychi ko‘chasida joylashgan “Savdo do‘koni” bino-inshootlarining 17.05.2021 yil xolatiga bozor qiymati 420.411.648 so‘mni tashkil etishi aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Namangan shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro B.M.ning manfaatini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritildi.
Sud tomonidan 2021 yil 26 oktyabr kuni Namangan shahar adliya bo‘limining fuqaro A.A.ning manfaatida kiritilgan daʼvo ariza qisman qanoatlantirilib, javobgar Namangan shahar hokimligidan fuqaro B.M. foydasiga 188.818.578 so‘m undirish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarildi.