January 13, 2022

Tuman tashkilotlarida huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanidagi barcha korxona, tashkilotlar va muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari hamda hukumat qarorlari mazmun-mohiyatini yuzasidan tuman hokimligi masʼul xodimlari bilan birgalikda joriy yilning 13 yanvar kuni tumandagi "Tasviriy va amaliy sanʼat " litseyi xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida ishtirokchilarga “Tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–739-son, 23.12.2021 y.), “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–35-son, 20.12.2021 y.), “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (PQ–55-son, 20.12.2021 y.) , “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yana-da oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (PQ–57-son, 21.12.2021 y.) shu bilan birga, “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (765-son, 21.12.2021 y.), “Transchegaraviy pul o‘tkazmalarini taʼminlash bo‘yicha to‘lov tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarorlarining (771-son, 24.12.2021 y.)mazmun-mohiyatini tushuntirib berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga bo‘lim xodimlari tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi