October 4, 2022

9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida jami 17 103 ta (boshqarma tomonidan 2 091 ta, adliya boʻlimlari yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari tomonidan 15 012 ta) huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.

Xususan, shu davr mobaynida ommaviy axborot vositalari orqali jami 8 223 ta, shundan 358 marotaba televideniyada, 436 marotaba radioda, 415 marotaba gazeta va jurnallarda, 7 014 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilindi.

Shuningdek, 2022-yilning 9 oyi davomida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan joylarda jami 8 290 ta ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari (shundan 6 161 tasi manzilli targʻibot), shundan 2 494 ta maʼruza, 2 347 ta davra suhbati, 592 ta seminar, 6 ta konferensiyalar oʻtkazilib, 2 851 ta holatda uyma-uy yurgan holda aholiga yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati yetkazildi.

Ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari 3 020 marotaba mahalla fuqarolar yigʻinlarida,
1 814 marotaba taʼlim muassasalarida, 1 958 marotaba mehnat jamoalarida va 1 498 marotaba boshqa joylarda oʻtkazildi.

Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida jami 120 nusxada 6 turdagi yozma targʻibot (oʻquv-qoʻllanma va risolalar) hamda joylarda huquqiy targʻibot tadbirlari davomida jami 24 194 nusxada 584 turdagi buklet va flayerlar tarqatildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–2761-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomning
7-ilovasiga asosan, 2022-yil 9 oyi davomida Adliya vazirligidan boshqarmaga elektron shaklda kelib tushgan jami 878 ta normativ-huquqiy hujjatlar “E-XAT” eletron hamkorlik tizimi orqali viloyatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholi bilan muloqotni tashkil etish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni yanada kengroq taʼminlash, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni huquqiy yoʻl bilan hal qilish borasida olib borilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Bu borada adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar boʻyicha murojaatlarning natijalari yoritib borilmoqda. Maʼlumotlarda sayyor qabul jarayoni, kelib tushgan murojaatlar va ularning tegishliligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda qanoatlantilgan murojaatlar va boshqa muhim maʼlumotlarning aniq tahlili joylashtiriladi.

Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha OAVda chiqishlar soni jami 218 tani tashkil etadi. Shundan televideniye va radioda 23 tani, gazetada 25 tani, elektron OAVda 123 tani, idora veb-saytida chiqishlar soni 47 tani tashkil etadi.

Jumladan, murojaatlarni koʻrib chiqish va ekspertiza natijalari boʻyicha inson huquqlari taʻminlanganligi va kishilar hayotida aniq muammolar yechim topganligi holatlari obrazlar asosida “Bir murojaat izidan” nomli reportajlar orqali OAVda yoritilib borilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, boshqarmaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan #bir_murojaat_izidan xeshtegi ostida 100 dan ortiq maqolalar e’lon qilib borildi.

Bundan tashqari, keng jamoatchilikni qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida Namangan televideniyasi bilan hamkorlikda “Yurdik klinika” va “Huquqingizni bilasizmi?” ko‘rsatuvlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugunga kunga qadar “Yuridik klinika” ko‘rsatuvining 80 dan ortiq soni efirga uzatildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi