January 17, 2022

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida M A ’ L U M O T

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

1. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida.

Bo‘lim tomonidan 2021-yil mobaynida 60 ta idorada davlat boshqaruvining samaradorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilib, o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida jami 8 811 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlari (murojaatlarni ko‘rib chiqishda 137 ta, ta’lim sohasida 5 490 ta, uy-joy masalasida 2 ta, mehnat sohasida 11 ta, soliqqa oid 118 ta, imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llashda 1 ta, Ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha 1 992 ta hamda boshqa qonunbuzilishlar 1 060 ta) aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga jami 36 ta taqdimnoma, 7 ta ma’muriy taklif va 72 ta ogohnomalar kiritildi.

Kiritilgan ta’sir choralariga asosan, 69 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka (shundan 7 nafar xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan), 4 nafar mas’ul xodimlar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, kiritilgan taqdimnomalarga asosan, jami 129 ta, shundan 1 ta mahalliy hokimliklarning va 128 ta nazorat qiluvchi organlarning qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qaror va hujjatlari bekor qilinishi hamda 21 ta hujjatlarning qonunchilikka muvofiqlashtirilishi ta’minlanib, tadbirkorlik sub’ektlariga 185 437 714 so‘m pul mablag‘lari qaytarilishiga erishildi.

Shu bilan birga, bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 12 ta va iqtisodiy sudlarga 11 ta da’vo arizalari hamda ma’muriy sudlarga 1 ta arizalar kiritilib, fuqarolar foydasiga 50 146 439 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi va tuman hokimining 1 ta qarori haqiqiy emas deb topildi (hozirda 1 065 516 000 so‘mlik da’vo arizalari ko‘rib chiqilmoqda).

Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida 60 ta idora faoliyatida jami 86 ta normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoring va tahlil qilingan bo‘lib, shundan
18 tasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 26 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, 32 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 10 tasi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan 47 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida 3 ta mahalliy davlat hokimiyati organlariga tahliliy ma’lumotlar kiritildi.

2. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Shtab faoliyati bo‘yicha.

Ma’lumki, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida aholini qiynab kelayotgan, joylarda ko‘p uchrayotgan, shuningdek fuqarolardan ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgan sohalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining amaldagi ijrosi va huquqni qo‘llash amaliyoti monitoring va tahlil qilindi.

Xususan, boshqarmada tashkil etilgan “Tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Shtab”ning 2021-yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan Dasturi”ga asosan, viloyatda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil
8-sentyabrdagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari rioya etilishi ahvoli so‘rov yo‘li bilan monitoring va tahlil qilindi.

O‘tkazilgan monitoring va tahlil natijasida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashiga tegishlitashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotnoma va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritildi.

3. Qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida.

Boshqarma, tuman (shahar) adliya bo‘limlarining qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif ishlab chiqishini tahlil qilish va muvofiqlashtirib borish hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining
2018-yil 29-oktyabrdagi 335-um-son “Adliya organlari va muassasalarining normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim tomonidan joriy yilning 29-aprel kuni boshqarma markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 7-1/235-sonli topshiriq xat yuborilib, har oyning 25-sanasiga qadar bo‘limga amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etishga, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni taqdim etib borilishi nazoratga olindi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan boshqarma markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari, nodavlat va notijorat tashkilotlaridan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar olinib, boshqarmada tashkil etilgan ishchi guruhda ko‘rib chiqildi hamda 2021-yil yakunlari bo‘yicha jami 146 ta takliflar ko‘rib chiqish uchun Adliya vazirligiga yuboridi.

Shu bilan birgalikda, bo‘lim tomonidan aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan ta’minlash, sohaga
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish masalasida AQSH va Ukraina, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga imtiyozlar berilishi, yashirin iqtisodiyotni oldini olish va davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha Gruziya va Ispaniya, agroklasterlar va kooperatsiyalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Yaponiya, Germaniya va AQSH, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanishda Ruminiya, qishloq xo‘jaligi sohasida shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishda AQSH, Germaniya, qishloq xo‘jaligi sohasida subsidiyalar ajratishda AQSH va Germaniya, naqd pulsiz hisob-kitoblar qilishda Rossiya, Ukraina va Ozarbayjon davlatlarining ijobiy tajribalari o‘rganib chiqilib, amaliyotda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

4. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida.

Bo‘limga 2021 yil mobaynida tadbirkorlik subyektlaridan jami 91 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 35 tasi (39,3 %) qanoatlantirildi,
27 tasiga (59,6 %) huquqiy tushuntirish berildi, 2 tasi (2,2 %) belgilangan tartibga tegishligiga ko‘ra ko‘rib chiqish uchun vakolatli organlarga yuborildi va 1 tasi (1,1 %) belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5718-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma tomonidan www.business.gov.uz yagona interaktiv portalidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish virtual qabulxonasi”dan kelib tushgan murojaatlarni to‘liq ko‘rib chiqilishi va natijalarini o‘z vaqtida dasturga kiritilishi alohida nazoratga olingan.

Jumladan, 2021-yil mobaynida tizim orqali boshqarma vakolatiga tegishli bo‘lgan 2 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.

Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida bo‘lim tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining manfaatlarini ko‘zlab turli tashkilot va idoralarga jami 11 ta huquqiy ta’sir choralari, shundan 6 ta taqdimnoma, 2 ta ogohnoma, 3 ta da’vo arizalari kiritilib, 2 ta noqonuniy hujjat bekor qilindi, 185 437 714 so‘m pul mablag‘lari qaytarildi hamda jami 27 275 000 so‘m pul mablag‘larini tadbirkorlik subyektlari foydasiga to‘lab berish yuzasidan sudning tegishli hal qiluv qarorlari chiqarilishiga erishildi.

Shuningdek, sohada qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining
mazmun-mohiyatini yetkazish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida jami 53 ta, shundan 40 ta OAV va ijtimoiy tarmoqlarda, 8 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, 5 marta tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etildi.

5. Murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasida.

2021-yil mobaynida bo‘limga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 237 ta murojaatlar (111 ta shikoyat va 126 ta ariza) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 214 tasi (90,3 %) ko‘rib chiqilib, 78 tasi (36,4 %) qanoatlantirildi va 134 tasiga (62,6 %) huquqiy tushuntirish berildi,
23 ta (9,7 %) murojaatlar tegishligiga ko‘ra ko‘rib chiqish uchun vakolatli idoralarga yuborildi, 1 ta murojaatlar bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni

qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi