October 6, 2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi faoliyat sarhisobi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan “Ijro intizomi — islohotlar garovi” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy qilish vazifasi yuklatilib, Farmon bilan ijro intizomini mustahkamlash borasida Adliya vazirligiga bir qator yangi vazifalar yuklatildi.

Oʻz navbatida, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentihujjatlari ijrosininazorat qilish boʻlimitomonidan joriy yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muntazam ravishda oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha tegishli taʼsir choralari, ogohlantirish hamda umumlashma axborotlar kiritib borilmoqda.

Tahlillarga koʻra, 2022-yil 3-chorak yakuniga qadar (2022-yil 4-oktyabr holatiga) viloyat boʻyicha Ijro.gov.uz ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijro uchun jami 1 121 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari kelib tushgan boʻlib, shulardan: farmon – 173 ta, qaror – 612 ta, farmoyish – 27 ta, bayon – 309tani tashkil qilgan.

Mazkur hujjatlarga asosan jami topshiriqlar soni 8 963 ta boʻlib, shulardan:
1 245 tasi farmonlar boʻyicha, 4 454 tasi qarorlar boʻyicha, 170 tasi farmoyishlar boʻyicha, 3 094 tasi bayonlar boʻyicha kelib tushgan.

Kelib tushgan jami topshiriqlarning 1 965 tasi (yoki 21,9 foizi) muddatidan kech bajarilib, ushbu topaashiriqlar farmonlar boʻyicha – 296 ta, qarorlar boʻyicha – 700 ta, farmoyishlar boʻyicha – 30 ta, bayonlar boʻyicha – 939 tani tashkil qilgan.

Boʻlim tomonidan oʻtgan 2022-yilning 9 oyi davomida topshiriqlar ijrosini oʻrganish va monitoringlar qilish, tegishli taʼsir choralari qoʻllash va sohani yanada takomillashtirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan:

I.           Oʻrganish va monitoringlar oʻtkazish sohasida:

Boʻlim tomonidan joriy yilda 5 ta oʻrganish (Davlat soliq xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi tizimida, Bojxona xizmatida) oʻtkazildi.

Shuningdek, boʻlim tomonidan vazirlikning topshirigʻiga asosan 32 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha axborot va tahliliy maʼlumotnomalar vazirlikka taqdim etildi.

Ijrosi bevosita hududlarda amalga oshirilishi nazarda tutilgan topshiriqlar boʻyicha bajarilgan amaliy ishlarni “joyiga chiqib oʻrganish” amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

II. Taʼsir choralar kiritilishi boʻyicha:

Boʻlim tomonidan joriy yilda oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasi boʻyicha aniqlargan qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan 9 ta taqdimnoma, 94 ta ogohnoma, 52 ta koʻrsatma hamda viloyat hokimligiga 8 ta tahliliy maʼlumotnoma va xatlar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasi boʻyicha topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan deb topilgan jami 17 nafar xodimlarga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, 42 mln. soʻmdan ortiq ish haqlari toʻlab berildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentihujjatlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi