December 25, 2021

Xodimning mehnat shartnomasidagi qonun buzilishi bartaraf etildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Norin tumani adliya bo‘limi tomonidan Norin tumani Yaydoq MFYda yashovchi fuqaro O.D.ning mehnat shartnomasidagi qonun buzilishini bartaraf etishda amaliy yordam berish to‘g‘risida murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida Norin tuman Tibbiyot birlashmasining 2009-yil
1-iyuldagi buyrug‘iga ko‘ra, O.D. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliknika ro‘yhatxona xamshirasi lavozimda 1,0 stavkada ish boshlagan. O.D. 2018-yilning mart oyidan tug‘ruq ta’tiliga chiqqan. Tuman tibbiyot birlashmasining 2021-yil 4-martdagi 52-sonli buyrug‘iga ko‘ra, farzandi 2.5 yoshga to‘lganligi sababli 0.75 satavkada o‘z vazifasiga qaytarilgan.

Ushbu holatda ish beruvchi Tuman tibbiyot birlashmasi O.D.ning mehnat shartnomasini uning roziligisiz o‘zgartirgan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 88-moddasining 4-qismiga ko‘ra, mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi. Moddaning 5-qismiga ko‘ra, mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, shunday tartibda amalga oshirilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Norin tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining 2021-yilning 1-dekabrdagi 271-sonli P-40-buyrug‘ini bekor qilish va fuqaro O.D.ning mehnat shartnomasini o‘zgartirish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnomaga asosan, fuqaro O.D.ning mehnat shartnomasi
1,0 stavkaga qaytarilishi ta’minlandi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi