Asossiz qoʻyilgan taʼqiqlar bekor qilindi
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi
PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomning 10-bandi, 6-kichik bandida adliya organlariga inson huquqlari va erkinliklari buzilishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida axborot yigʻish, davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan.
Shuningdek, boshqarmaning 2022-yil II-IV choraklarga moʻljallangan ish rejasining 12-bandida fuqarolarning mol-mulklariga ta’qiq qoʻyish amaliyotini soʻrov yoʻli bilan oʻrganish belgilangan.
Ish rejaning mazkur bandi ijrosini taʼminlash maqsadida boshqarma tomonidan tegishli vakolatli organlar tomonidan fuqarolarning mol-mulklariga ta’qiqlar qoʻyish amaliyoti soʻrov yoʻli bilan oʻrganildi.
Xususan, oʻrganish jarayonida Namangan tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan vakolati boʻlmagan holda voyaga yetmagan shaxslarni vasiylikka olgan fuqarolarnining
mol-mulklariga taqiq qoʻyish boʻyicha yuborilgan xatlariga sobiq Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr DK Namangan tuman filiali tomonidan ta’qiq qoʻyilganligi aniqlandi.
Shuningdek, oʻrganish jarayonida Davlat kadastrlar palatasi Namangan viloyat boshqarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan soliq qarzdorligi boʻlmagan jismoniy shaxslarga notoʻgʻri ta’qiq qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.
Aniqlangan holatlar boʻyicha joriy yilning 31-may kuni Davlat kadastrlar palatasi Namangan viloyat boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, fuqarolarning mol-mulklariga qonunchilik hujjatlari talablariga zid boʻlgan ta’qiqlar bekor qilinishi taʼminlanib, 5 nafar aybdor masʼul shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortildi.
Yodgarov Azizbek Ulugʻbek Oʻgʻli
Namangan viloyat adliya boshqarmasining