MUROJAATLAR DOIMO EʼTIBORDA
Maʼlumki, fevral-mart oylari Adliya vazirligi tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish dolzarb ikki oyligi deb eʼlon qilinib, uning doirasida To‘raqo‘rg‘on tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etilgan edi.
To‘raqo‘rg‘on tumani Madaniyat markazida tashkillangan keng qamrovli sayyor qabulda tuman adliya bo‘limi tomonidan 21 nafar xotin-qizlar murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olingan edi. Adliya bo‘limi tomonidan ish yurituvga olingan murojaatlar o‘rganib chiqilmoqda.
Jumladan, fuqaro B.Yusupovaning egaligidagi uy-joyini bir qismini farzandiga notarial tasdiqlangan hadya shartnomasi asosida rasmiylashtirilib berganligi, biroq rasmiylashtirilgan uy-joyni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib kadastr hujjatlarini tayyorlash olti oydan beri sarson bo‘layotganligi yuzasidan qilgan murojaati bo‘lim xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaro murojaati qanoatlantirildi.
Shuningdek, G‘.Karimovaning ham kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdan norozi bo‘lgan murojaati ham bo‘lim tomonidan o‘ranilib qanoatlantirildi. Parosmon MFYda yashovchi fuqaro Z.Neʼmatovaning yashash xonadoniga gaz hisoblagich uchun to‘lov talab qilinayotganligidan norozi bo‘lgan murojaati o‘rganilib, fuqaro xonadoniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentyabrdagi «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4840-sonli qarori asosida Hududiygaz taʼminot To‘raqo‘rg‘on tuman filiali xodimlari tomonidan bepul o‘rnatilib berildi.