Notariuslar litsenziyasining toʻxtatilganligi haqida X A B A R
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining
152-moddasi hamda Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Malaka komissiyasining 2022 yil 15 iyundagi 6-son yigʻilish qaroriga asosan:
Namangan shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius Malikov Murod Xamidullayevich;
Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Axmatjonova Okila Aʼzamovna;
Pop tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Sotimov Yusuf Muydinovich;
Uychi tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Otajonov Jaxongir Nematilla oʻgʻli;
Chust tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Umaraliyev Abror Ikramovichlarga boshqarma tomonidan berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 17-iyun kunidan 15 kun muddatga;
Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Usmanova Feruza Rajabovna;
Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Xolikov Zokirjon Tohirjonovich;
Uychi tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Tursunov Jasurbek Rustamjon oʻgʻlilarga boshqarma tomonidan berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 25-iyun kunidan 15 kun muddatga;
Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Ismoilov Otabek Samatovich;
Toʻraqoʻrgʻon tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Iminov Xoshim Xasanovichlarga boshqarma tomonidan berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 17-iyun kunidan 1 (bir) oy muddatga TOʻXTATILDI.