Namangan viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi tomonidan 2022-yilning 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT
Oʻtkazilgan tekshirishlar yuzasidan.
Boʻlim tomonidan 2022-yilning 1-iyul kuniga qadar 3 ta tashkilotlarda 9 ta oʻrganishlar (7 ta monitoring) oʻtkazilgan boʻlib, oʻrganishlar davomida jami 3 392 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, hisobot davrida jami 36 ta turli idora va tashkilotlarga taqdimnoma, 26 nafar aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan vakolatli organlarga taklif (bayonnoma), 41 ta 816 089 000 soʻmlik sudlarga daʼvo arizalari va 15 ta qonun hujjatlari buzilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida ogohnomalar kiritilgan.
Qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 26 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 27 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilgan boʻlsa, fuqarolarga toʻlanishi lozim boʻlgan 1 139 590 902 soʻmlik pul mablagʻlari undirilishi taʼminlandi.
Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqilishi yuzasidan.
Boshqarmaga inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2022-yilning 1-iyul kuniga qadar jami 409 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 239 tasi (58 foizi) koʻrib chiqilib, shundan 115 tasi (48 foiz) qanoatlantirilgan,
124 tasiga (52 foiz) huquqiy tushuntirish berilgan, 40 ta murojaat koʻrib chiqish uchun adliya boʻlimlariga yuborilgan va 92 ta murojaat koʻrib chiqish uchun taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilib, 4 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan va 20 ta murojaat ijrodagi murojaatlar hisoblanadi.
Mazkur murojaatlarning 72 tasi boʻlim xodimlarining shaxsiy qabullarida qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.
Boʻlim tomonidan koʻrib chiqilgan murojaatlarni oʻrganish yakuni boʻyicha fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 30 ta taqdimnoma va 22 ta maʼmuriy taklif va 13 ta 672 339 000 soʻmlik sudga daʼvo arizalar kiritilgan.
Kiritilgan taʼsir choralarga asosan 22 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, 27 nafar shaxsga intizomiy javobgarlik chorasi qoʻllanilgan hamda 995 840 000 soʻm soʻm pul mablagʻini undirilishi taʼminlangan.
Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi