“Adliya Siz uchun huquqiy ko‘makka tayyor”
To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro S.B.ning elektr hisoblagich nosozligi sababli foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolganligi, tuman elektr taʼminoti korxonasiga ushbu elektr hisoblagichni soz holatdagi hisoblagichga almashtirib berishni so‘ragan bo‘lsada, almashtirib berilmaganligidan norozi bo‘lgan murojaati o‘rganib chiqildi.
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019-yil 9-iyuldagi PF-5761-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 28.09.2020-yildagi “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 594-sonli qarori 5-bandida Energetika vazirligi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvardan boshlab elektr energiyasi hisobini to‘liq yo‘lga qo‘yish, to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirishni taʼminlash, tizim orqali aniqlangan xatoliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarini tizimli tashkillashtirish vazifasi yuklatilgan.
Adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaro xonadonidagi nosoz elektr hisoblagich soz holatdagi yangi hisoblagichga almashtirilib berildi.