Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan 9 oylik faoliya sarhisob qilindi
Hozirgi kun holatiga Namangan viloyatida 543 ta NNT faoliyat yuritmoqda. Shundan 355 tasi davlat ro‘yxatidan, 188 tasi hisob ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar tashkil etadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan 355 ta NNTning 284 tasi jamoat birlashmalari,
44 tasi jamoat fondlari, 27 tasi muassasa shakldagi NNTlar hisoblanadi.
Hisob ro‘yxatidan o‘tgan 188 ta NNTning 161 tasi jamoat birlashmalari,
15 tasi jamoat fondlari, 11 tasi muassasa, 1 tasi boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi NNTlar hisoblanadi.
Shundan viloyatda faoliyat yuritayotgan jami 543 ta NNTning 445 tasi jamoat birlashmasi, 59 tasi jamoat fondlari, 39 tasi muassasalar shakldagi NNTlar hisoblanadi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasiga 2022 yil 1 oktabr holatiga
ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida NNTlarning 36 ta arizalari kelib tushgan hamda
29 tasi qanoatlantirilgan, 4 tasi rad etilgan, 3 ta ariza qoldikda.
Diniy tashkilotlar sohasida jami diniy tashkilotlar soni 194 ta, shundan,
191 tasi islomiy, 3 tasi noislomiy diniy tashkilotlar mavjud.
2022 yil 1 oktabr holatiga viloyatda 14 ta doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari mavjud.
Arizalar, takliflar va so‘rovlar bo‘yicha jami 9 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarning 2 tasi qanoatlantirilgan, 7 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Shu bilan birga bo‘lim tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri davomida 66 ta tashkilotlarda 6 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan, 21 ta nodavlat notijorat tashkilotining loyiha mablag‘larini maqsadli sarf etgani yuzasidan monitoring o‘tkazilgan, 59 ta jamoat fondlarining ma’muriy xarajatlar sarfi, hisobot yili mablag‘lari yuzasidan audit o‘tkazilganligi hamda OAVlarda e’lon qilinganligi monitoring qilindi shuningdek, 73 ta NNTlarga kelib tushgan xomiylik mablag‘larining xomiylari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 1 990 ta, diniy tashkilotlar tomonidan esa 156 ta mehnat huquqi, tashkilotlarning Ustav (nizom) talablariga rioya qilmaganlik holatlari yuzasidan jami 2146 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 82 ta taqdimnoma,
6 ta ma’muriy taklif xamda 1 ta ogohnomalar kiritilgan.
Kiritilgan ta’sir choralari natijasida 6 ta shaxsga nisbatan ma’muriy jarima jazo choralari ko‘llanilgan bo‘lsa, 58 ta xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan,
3 nafar shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Bo‘lim tomonidan jami 119 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 6 ta ko‘rgazmali va 54 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot amalga oshirildi, 10 marotaba televidenieda, 1 marta radioda, OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda 48 ta chiqishlar qilingan.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi