Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning vaziflari qanday?
Fuqarolar yigʻini raisi saylovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning asosiy vaziflari quyidagilardan iborat:
- fuqarolar yigʻini oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaydi hamda uni oʻtkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi;
- hovlilar, uylar, koʻchalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yigʻilishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
- hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yigʻilishining ishtirokchilarini roʻyxatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda aholining umumiy yigʻilishi bayonnomasini tuzadi;
- tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar boʻyicha takliflarni tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda tayyorlaydi;
- saylovni tashkil etish va oʻtkazish masalalari yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;
- fuqarolar yigʻini raisining takroriy saylovi, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga fuqarolar yigʻini raisi saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
- fuqarolar yigʻini raisi saylovini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi.