July 18, 2022

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi tomonidan 2022-yilning 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida M A ʼ L U M O T

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi tomonidan 2022-yilning 1-yarim yilligi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

1. Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish sohasida.

Boʻlim tomonidan 2022-yilning 1-yarim yilligi mobaynida 16 ta idorada davlat boshqaruvining samaradorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilib, oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar davomida jami 3 954 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlari (soliqqa oid 625 ta, yer ajratishga oid 10 ta, Maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha 1 365 ta, boshqa qonunbuzilishlar 1 954 ta) aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga jami 43 ta taqdimnoma, 6 ta maʼmuriy taklif (shundan 6 tasi toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiylashtirilgan bayonnoma) va 101 ta ogohnomalar kiritildi.

Kiritilgan taʼsir choralariga asosan, 40 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka, 6 nafar masʼul xodimlar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, kiritilgan taqdimnomalarga asosan, jami 27 ta, shundan 1 ta mahalliy ijro hokimiyatining va 26 ta nazorat qiluvchi organlarning qonun hujjatlariga zid boʻlgan qaror va hujjatlari bekor qilinishi hamda 26 ta hujjatlarning qonunchilikka muvofiqlashtirilishi taʼminlandi, jismoniy shaxslar foydasiga jami 92 676 000 soʻm pul mablagʻlari qaytarilishiga erishildi.

Shu bilan birga, boʻlim tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga 2 ta va iqtisodiy sudlarga 13 ta daʼvo arizalari kiritilib, fuqaro foydasiga 51 168 130 soʻm va yuridik shaxslar foydasiga 1 140 046 388 soʻm pul mablagʻlari undirib berilishi taʼminlandi, 47 857 000 soʻm miqdorida kompensatsiya undirish toʻgʻrisidagi daʼvo ariza belgilangan tartibda koʻrib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, oʻtgan davr mobaynida 16 ta idora faoliyatida jami 58 ta normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoring va tahlil qilingan boʻlib, shundan 6 tasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, 34 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, 15 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 3 tasi idoraviy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Shuningdek, boʻlim tomonidan 22 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, oʻtkazilgan oʻrganishlar va tahlillar natijasida viloyat hokimligiga 1 ta va Adliya vazirligiga 2 ta tahliliy maʼlumotlar kiritildi.

2. Qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida.

Adliya vazirligining tegishli topshiriq xatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 26-noyabrdagi 316-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni baholash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan, boʻlim tomonidan oʻtgan davr mobaynida jami 9 ta takliflar koʻrib chiqish uchun Adliya vazirligiga yuboridi.

3. Murojaatlarni koʻrib chiqish sohasida.

2022-yilning 1-yarim yilligi mobaynida boʻlimga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 76 ta murojaatlar (38 ta shikoyat va 38 ta ariza) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 57 tasi (75 %) koʻrib chiqilib,
15 tasi (26,3 %) qanoatlantirilgan va 42 tasiga (73,7 %) huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta (1,3 %) murojaat hal etish uchun tuman adliya boʻlimiga yuborilgan, 8 ta (18,4 %) murojaatlar tegishligiga koʻra koʻrib chiqish uchun vakolatli idoralarga yuborilgan, 5 ta (6,6 %) murojaatlar boʻlim tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Huquqni qoʻllash amaliyotini

oʻrganish boʻlimi