Tijorat banklari davlat xizmatlari markazlarida shoxobchalarini joylashtirishi mumkin
Tijorat banklari uchun ajoyib yangilik. Endi siz viloyatdagi 16 ta Davlat xizmatlari markazlarida o‘z shoxobchangiz faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.
Agar bir kunda markazlarga 2000 ming nafargacha fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanishini inobatga olsak, sizda bir kunda qo‘shimcha ravishda yana shuncha fuqaroga bank xizmatlarini taqdim etish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, bu banklarda kuzatiladigan navbatlarni oldini olishda ham maqbul yechim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 apreldagi PF–113-son Farmoni va Adliya vazirining 2022 yil 28 maydagi 114-um-sonli buyrug‘iga ko‘ra, Tanlov natijasida g‘olib deb topilgan tijorat banklarini yana bir sovg‘a kutmoqda. Ya’ni, shoxobchalarini joylashtirgan tijorat banklari 5 yil davomida ijara to‘lovlaridan ozod qilinadi.
Agar siz o‘z bankingizning shoxobchasini Davlat xizmatlari markazlarida joylashtirmoqchi (tijorat banklari shoxobchalari mavjud bo‘lmagan markazlarga) bo‘lsangiz Namangan viloyat adliya boshqarmasiga joriy yilning 20 iyuniga (69 2272136 qadar murojaat qiling va tanlovda qatnashing.
(Davlat xizmatidan foydalanishda undiriladigan to‘lovlarni Markazlarda joylashgan tijorat banklari shoxobchasidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirganda ikki foizgacha bo‘lgan tijorat bankining komissiya summasi uchun alohida to‘lov undirilmaydi (bundan davlat boji to‘lovlari mustasno). Bunda, mablag‘larni oluvchilarning har biriga yo‘naltiriladigan summalar proporsional ravishda kamaytirilgan holda, tijorat bankining komissiya to‘lovi xizmatdan foydalanish uchun to‘lanadigan to‘lov hisobidan o‘tkazib beriladi)
Qulay fursatni boy bermang, tanlovda ishtirok eting!
Davlat xizmatlari markazlarida shoxobchalarini joylashtirmoqchi bo‘lgan tijorat banklari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi: 👇👇👇