January 21, 2022

Olis hudud aholisining huquqiy muammolari o‘rganildi

Maʼlumki, aholining kundalik hayotda duch kelayotgan muammolarini o‘rganish va uni tahlil qilish orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biridir.

Mazkur vaziflarni amalga oshirish maqsadida bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi, Chortoq tuman adliya bo‘limi va tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning olis hududi xisoblanmish “Baliqko‘l” MFYda aholining muammolari o‘rganildi.

“Baliqko‘l” MFYda 650 ta xonadon bo‘lib, 4062 nafar aholisi bor. Bugungi uchrashuvda aholining huquqiy muammolarini o‘rganilib, kelib tushgan murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirish berildi. shunungdek, ularga davlat xizmatlaridan, shu jumladan, elektron davlat xizmatlaridan foydlanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi