XODIMGA QO’SHIMCHA HAQ TO’LAB BERILISHI TA'MINLANDI
Toʼraqoʼrgʼon tumani adliya boʼlimi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi xodimi M.N.ning 04.01.2021-yildan asosiy vazifasidan tashqari qoʼshimcha ish yuklatilgan boʼlsada, ish haqi toʼlanmayotganligidan norozi boʼlgan murojaati oʼrganib chiqildi.
Oʼrganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaroga Toʼraqoʼrgʼon tuman Tibbiyot birlashmasi ish beruvchisining 04.01.2021 yildagi №08-sonli buyrugʼi bilan asosiy lavozimingizga qoʼshimcha ravishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” bilan ishlash sektoriga masʼul etib tayinlangan.
M.N.ga mazkur buyruq bilan murojaatlarning turidan qatʼiy nazar tuman Tibbiyot birlashmasiga kirib kelgan har bir murojaatni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib borish, qayd etish jurnallari va yigʼma jildini shakllantirish, kunlik, oylik, choraklik hisobotlarni oʼz vaqtida topshirish, bir DPMda oyda bir marotaba sayyor qabullarni tashkillashtirish vazifasi yuklatilgan.
Ish beruvchining 04.01.2021 yildagi №08-sonli buyrugʼi 5-bandida birlashma bosh hisobchisi B.Mamajonov va bosh iqtisodchi I.Mamajonovlarga M.N ga bir nechta vazifa yuklatilib ish hajmi ortganligi sababli Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasiga muvofiq oylik maoshiga 30 % miqdorida ustama toʼlab berilishi koʼrsatilgan.
Biroq, 2021-yil ish haqi va unga belgilangan qoʼshimcha haqlar toʼlanishi oʼrganilganda buyruqqa asosan 30% miqdorda oylik maoshiga qoʼshimcha haq toʼlanmaganligi aniqlandi.
Murojjatni o’rganish natijasi yuzasidan tibbiyot birlashmasiga kiritilgan taqdimnoma natijasida fuqaroga 11 786 344 so’m qayta hisob-kitob qilindi.