February 14, 2023

80 nafar xodimlarning huquqlari tiklandi.

80 nafar xodimlarning huquqlari tiklandi.
Kosonsoy tuman adliya bo‘limi tomonidan keksalar, nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Kosonsoy” sanatoriyasi xodimlari tomonidan Mehnat kodeksinig 159-moddasiga asosan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda to‘lanadigan ish haqi to‘lanmayotganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish o'tkazildi.

O’rganish jarayonida, Keksalar, nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Kosonsoy” sanatoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2022 yildagi “2022- 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-98-sonli qarori xamda O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijmoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 28.01.2022 yildagi 11-I-Ch-sonli bo‘yrug‘ig‘a asosan keksalar, nogironligi b’olgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Kosonsoy” sanatoriyasida qayta ta'mirlash va qurilish ishlari amalgan oshirayotganligi sababli, vaqtinchalik ish faoliyati to‘xtatilganligi ma'lum bo'ldi.

Shuningdek, joriy yilning 15-aprel kunidan 15-noyabr kuniga qadar Mehnat kodeksinig 159-moddasiga asosan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ish haqi to‘lanmay kelganligi o'z tasdig'ini topdi va tuman adliya bo'limi tomonidan Fuqarilik ishlari bo'yicha tumanlararo Yangiqo'rg'on sudiga davo ariza kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan xodimlarga 800 mln so'mga yaqin oylik ish haqilari to'lab berilishiga erishildi.