Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida M A ‘ L U M O T
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan 2022-yilning
9 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
1. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida.
Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 9 oyi mobaynida 17 ta idorada davlat boshqaruvining samaradorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilib, o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida jami 4 602 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlari (bandlik va mehnat munosabatlari sohasida 201 ta, bojxona sohasida
14 ta, qurilish idoralarida 635 ta, Yer resurslari va davlat kadastri idoralarida
741 ta, soliqqa oid 625 ta, yer ajratishga oid 10 ta, Ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha 1 365 ta, boshqa qonunbuzilishlar 1 011 ta) aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga jami 60 ta taqdimnoma, 6 ta ma’muriy taklif (shundan 6 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bayonnoma) va 113 ta ogohnomalar kiritildi.
Kiritilgan ta’sir choralariga asosan, 69 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka, 6 nafar mas’ul xodimlar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, kiritilgan taqdimnomalarga asosan, jami 28 ta, shundan 1 ta mahalliy ijro hokimiyatining va 27 ta nazorat qiluvchi organlarning qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qaror va hujjatlari bekor qilinishi hamda 26 ta hujjatlarning qonunchilikka muvofiqlashtirilishi ta’minlandi, jismoniy shaxslar foydasiga jami 120 413 000 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilishiga erishildi.
Shu bilan birga, bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 2 ta va iqtisodiy sudlarga 13 ta da’vo arizalari kiritilib, fuqarolar foydasiga 99 025 130 so‘m va yuridik shaxslar foydasiga 1 140 046 388 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida 17 ta idora faoliyatida jami 101 ta normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoring va tahlil qilingan bo‘lib, shundan 8 tasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 54 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, 32 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
7 tasi idoraviy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan 34 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida viloyat hokimligiga 1 ta va Adliya vazirligiga 3 ta tahliliy ma’lumotlar kiritildi.
2. Qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 19-iyuldagi
161-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, bo‘lim tomonidan o‘tgan davr mobaynida jami 9 ta takliflar ko‘rib chiqish uchun Adliya vazirligiga yuborildi.
3. Murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasida.
2022-yilning 9 oyi mobaynida bo‘limga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 122 ta murojaatlar (61 ta shikoyat va 61 ta ariza) kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlarning 95 tasi (77,9 %) ko‘rib chiqilib,
27 tasi (28,4 %) qanoatlantirilgan va 68 tasiga (71,6 %) huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta (0,8 %) murojaat hal etish uchun tuman adliya bo‘limiga yuborilgan, 22 ta (18 %) murojaatlar tegishligiga ko‘ra ko‘rib chiqish uchun vakolatli idoralarga yuborilgan, 5 ta (4,1 %) murojaatlar bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi