February 15, 2022

MAKTAB SINF RAHBARINING QONUNIY MANFAATLARI TA’MINLANDI

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro K.N.ning sinf rahbarligidagi ish haqidagi farqini hamda Yangi Namangan tumani 70-sonli maktabdagi hamkasbi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida bo`lganda uning vazifasini bajargani uchun ish haqi undirish to`g`risida pm.gov.uz veb-sayti orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.

Murojaatni o`rganish jarayonida fuqaro umumta’lim maktabida sinf rahbarligi uchun o`quvchilar soniga mos ravishda qo`shimcha haq hamda vaqtincha boshqa xodimining vazifa bajargani uchun belgilangan tartibda haq to`lanmagani, mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʼlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 275-sonli qarori talablariga rioya etilmaganligi aniqlandi.

O`rganish yakinida Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Yangi Namangan tumani xalq ta’limi bo`limiga qonun buzilish holatlarini oldini olish va bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, fuqaroga sinf rahbarligi uchun o`quvchilar soniga mos ravishda to`lanishi lozim bo`lgan qo`shimcha haqdagi farqlar va vaqtincha vazifa bajargani sababli to`lanmay qolgan to`lovlar to`lanishi ta’minlandi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Inson huquqlarini himoya qilish bo`limi