February 12, 2022

Adliya ko'magida tadbirkorning 1 milliard 500 million so'mga yaqin haqi undirib beildi.

«Mobiline Gold» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Pop tumani adliya bo`limiga tumanda joylashgan Namangan ko`priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan yetkazib berilgan mahsulot haqlarni undirishda amaliy yordam so`rab murojaat qilgan.

Holat o`rganilganda, tadbirkor bilan Namangan ko`priklardan foydalanish unitar korxonasi o`rtasida tegishli shartnomalari tuzilib, 1 427 863 500 so`mlik mahsulot yetkazib berilganrligi ma’lum bo`ldi.

Biroq Namangan ko`priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan shartnomada belgilangan muddatlarda xizmat haqlari to`lab berilmagan. Adliya bo`limi tomonidan o`rganish yakunlari bo`yicha tadbirkor manfaati yuzasidan Chust tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.

Tadbirkor manfaatiga qaratilgan mazkur ariza qanoatlantirilib, iqtisodiy sudning 2022 yil 11 fevral kuni tadbirkor foydasiga 1 427 863 500 so`m asosiy qarzni undirish bo`yicha sud buyrug`i qabul qilinishiga erishildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi