Namanganlik yosh Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida muddatidan oldin sud zalidan ozod etildi.
2017 yil 5 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumining tegishli moddalaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "a" bandi, 168-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Yu. X. 2024 yil 15 fevral’ kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumani Sudi tomonidan yoshligi, muqaddam sudlanmaganligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, namunali oila farzandi ekanligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi kafilligini inobatga olinib yosh fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgartirildi va darhol sud zalidan ozod qilindi.