Namangan davlat universiteti professor-o'qituvchilarining 2025-yil nomiga yozgan munosabati
Davlatimiz rahbari 2025-yilning mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qildi.
Bu Yangi O‘zbekiston xalqi uchun juda axamiyat kasb etadi.
Mazkur tashabbusni qabul qilinishi va amalga oshirilishi Yangi O‘zbekiston uchun strategik qadamdir.
Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari va talaba-yoshlari ushbu tashabbusni katta xursandchilik bilan qabul qildilar.
Bu borada fakultetimiz jamoasi ushbu yilda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda faoliyat olib borishni maqsad qilgan:
• Ilmiy tadqiqotlar: Yoshlar o‘rtasida ekologik huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha yangi innovatsion g‘oyalarga asoslangan huquqiy targ‘ibotlarni amalga oshirish.
• Ta’lim va tarbiya: Talabalar va yoshlar o‘rtasida ekologik huquqiy hamda ekolgik huquqiy savodxonlik madaniyatini shakllantirish va atrof-muhitni asrash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Ushbu yilni yuksak samaralar bilan o‘tkazish uchun fakultetimiz jamoasi barcha imkoniyatlarini safarbar qiladi va kelajakka ishonch bilan qaraydi.
Bizning maqsadimiz–axoli o‘rtasida ekologik madaniyatni huquqiy shakllantirishdir.
Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti dekani o‘rinbosari,
Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (RhD)
The announcement of 2025 as the "Year of Environmental Protection and Green Economy" by President Shavkat Mirziyoyev is a visionary step that underscores his strong leadership and commitment to ensuring a sustainable and prosperous future for Uzbekistan. This initiative reflects the President's deep understanding of the urgent need to address environmental challenges while fostering economic growth through green technologies.
Environmental Transformation and Public Awareness
President Mirziyoyev's emphasis on introducing "green" technologies and increasing green spaces will pave the way for a cleaner, healthier Uzbekistan.
His leadership inspires public awareness and engagement, motivating citizens, especially the youth, to adopt sustainable practices.
Economic Growth via Innovation
By prioritizing the green economy, Uzbekistan is poised to become a regional hub for renewable energy and eco-friendly technologies, thanks to President Mirziyoyev’s strategic vision.
This initiative will attract international investments, create jobs, and stimulate economic diversification.
The focus on reducing air and water pollution, managing waste, and mitigating the Aral Sea tragedy aligns with the President's goal of prioritizing the health of the population.
These actions will directly improve public well-being and demonstrate care for the most vulnerable communities.
Regional and Global Leadership
Under President Mirziyoyev’s guidance, Uzbekistan has established itself as a leader in environmental diplomacy, evidenced by the Regional Climate Strategy and the establishment of the Central Asian University of Environmental and Climate Change Studies.
His initiatives at the UN reinforce Uzbekistan’s role as a proactive contributor to global environmental solutions.
Resilience Against Climate Challenges
The President’s plan to address climate change and natural disasters through sustainable practices will ensure long-term social and economic stability.
This bold strategy strengthens regional cooperation and enhances the nation's preparedness for future environmental challenges.
President Shavkat Mirziyoyev’s focus on environmental protection and the green economy reflects his dedication to building a resilient, sustainable Uzbekistan. His forward-thinking approach will not only benefit the nation today but also secure a brighter, greener future for generations to come. This initiative serves as a powerful message of hope and responsibility, positioning Uzbekistan as a model for sustainable development in the region and beyond.
Teacher of the Department of Green Economy and Sustainable Business
2025-yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”.
Joriy yilning 20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi.
Davlat rahbari tomonidan har bir yilning alohida nomlanishi kelgusida mamlakatda birinchi navbatda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan sohalarni rivojlantirish va bu borada “Davlat dastur”lari qabul kilishini o‘z ichiga oladi.
O‘tkazilgan majlisda mamlakat rahbari tomonidan bugunki kunga kelib, jahon miqyosidagi global iqlim o‘zgarishiga qarshi O‘zbekiston ham faol tarzda kurash olib borishi lozimligi ta’kidlanib, atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etilishiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
“Yashil iqtisodiyot (Green economy)”- bu tabiiy resurslarni samarali ishlatish, atrof-muhitni asrash va jamiyatning ijtimoiy farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy model bo‘lib, so‘nggi yillarda bu borada jahon mamlakatlarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatib boshladi. Endilikda O‘zbekistonda ham “yashil iqtisodiyot” tamoyillarining bosqichma-bosqich joriy etilishi iqtisodiy o‘sishda ekologik barqarorlik va ijtimoiy adolatni ta’minlashi bilan bir qatorda, qayta tiklanadigan energiya manbalari hsioblangan quyosh, shamol, geotermal va gidroenergiyalardan samarali foydalanish orqali energiyani tejashga erishish, tabiiy resurslarni barqaror boshqarishda esa suv, yer, havo va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, kam emissiyali texnologiyalar, karbon dioksidi (CO₂) va boshqa zararli gazlarning emissiyasini kamaytirish uchun yangi, toza texnologiyalarni ishlab chiqish hamda plastik va boshqa chiqindilarni qayta ishlash va ulardan yana foydalanish imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir.
Shuningdek, “yashil iqtisodiyot”ning tamoyillari asosida iqtisodiyotni boshqarishda innovatsion va ekologik zarari kam bo‘lgan texnologiyalarni O‘zbekiston xududiga olib kelish, ulardan samarali foydalanishlari uchun tadbirkorlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishlarida qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish barobarida bojxona hamda solik to‘lovlaridan imtiyozlar joriy etilishini ko‘zda tutadi.
Sattarova Gulnoza Xabibullayevna.
NamDU Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi o‘qituvchisi
2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi xalqimizning barqaror rivojlanish va ekologik muvozanatga intilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ushbu taklif atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va innovatsion iqtisodiyotga o‘tish masalalariga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi.
Bundan asosiy maqsad: Bugungi kunda global miqyosda ekologik muammolar tobora keskinlashib, tabiatni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishining oldini olish va iqtisodiy faoliyatni yashil standartlarga moslashtirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimizning mazkur tashabbusi:
· ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
· energiya tejamkor va qayta tiklanadigan manbalarni joriy etish;
· chiqindilarni kamaytirish va ularni qayta ishlash tizimini rivojlantirish;
· aholini ekologik madaniyatga o‘rgatish kabi strategik yo‘nalishlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
“Yashil” iqtisodiyot – barqaror rivojlanish omili sifatida qaraydigan bo`lsak, “Yashil” iqtisodiyot tamoyillari dunyoda iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlikni uyg‘unlashtirish yo‘lidagi yangi model sifatida keng qo‘llanilmoqda. Bu tizim iqtisodiyotning barcha sohalarida: Xususan;
· ekologik toza texnologiyalarni joriy etish,
· sanoat va qishloq xo‘jaligini yashil standartlarga moslashtirish,
· energiya resurslaridan samarali foydalanish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishni maqsad qiladi.
O‘zbekistonda keyingi yillarda yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘lida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilayotganini, ekologik qishloq xo‘jaligiga o‘tish boshlanganini ta’kidlash joiz. 2025-yilda ushbu yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va milliy dasturlarni amalga oshirish kutilmoqda.
E’lon qilingan Budjetnomanda 2025–2027-yillarga moʻljallangan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun olib borilishi rejalashtirilayotgan asosiy yoʻnalishlarni ichida Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq budjet xarajatlari alohida ko`rsatib o`tilmoqda. Mamlakatning iqlim oʻzgarishlari taʼsirini yumshatish va unga moslashish boʻyicha tadbirlariga budjet xarajatlari 2020-yildagi 14,9 trln soʻmdan (YIMga nisbatan 2,5 foiz) 2022-yilda 26,3 trln soʻmga (YIMga nisbatan 3 foiz) oʻsdi. 2022-yilda umumiy iqlim xarajatlarining 96,6 foizi moslashishga, 2,3 foizi oqibatlarini yumshatishga va 1,1 foizi mos ravishda yumshatish va moslashishga yoʻnaltirildi.
Iqlim oʻzgarishining iqtisodiyotga taʼsirini kamaytirish juda ham muxim hisoblanadi. Jahon Banki iqlim oʻzgarishi oqibatida 2030-yilga kelib mamlakat YIMning 0,9 foizini tashkil etadigan iqtisodiy yoʻqotishlarni taxmin qilmoqda. Bunda, iqlim oʻzgarishi iqtisodiyotga uchta asosiy kanal orqali taʼsir qilishi qayd etilgan: atrof-muhit degradatsiyasi, sogʻliqni saqlash xarajatlarning ortishi va iqtisodiy tarmoqlar kesimidagi yoʻqotishlar.
Ekstremal ob-havo hodisalari, suv toshqinlari va zilzilalar kabi tabiiy ofatlar, shuningdek, jamoat infratuzilmasiga zarar yetkazishi oqibatida katta fiskal xarajatlarga olib kelishi mumkin.(1-jadval)
Aholining ishtiroki va ekologik ongni oshirish. Atrof-muhitni asrash masalalari faqat davlat tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlarining emas, balki har bir fuqaroning ishtirokini talab qiladi. Shu bois 2025-yil davomida ekologik ta’limni rivojlantirish, aholining ekologik ongini oshirish, ko‘chat ekish, chiqindilarni saralash kabi tadbirlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlarda yoshlarning, ayniqsa, maktab va oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar ishtirokini ta’minlash orqali keng ko‘lamli ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Xulosa o`rnida 2025-yilning “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi O‘zbekistonning ekologik barqarorlik va innovatsion rivojlanish yo‘lida dadil qadam tashlashini anglatadi. Ushbu yilda amalga oshiriladigan loyihalar nafaqat milliy, balki global miqyosdagi ekologik muammolarni hal etishga hamda yashil iqtisodiyotni rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadi. Bu tashabbus barcha fuqarolarimizni atrof-muhitni muhofaza qilishga, yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga birlashishga undaydi va kelgusi avlodlarga toza, sog‘lom muhit qoldirish imkonini yaratadi.
2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” deb nomlash taklifi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga yana bir qanot bag’ishladi desak mubolag’a bo’lmaydi.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan uchinchi “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” yo’nalishidagi, yigirma to’rtinchi “Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish” maqsadiga muvofiq ko’plab ishlar amalga oshirildi. Xususan, o’tgan yili Namangan davlat universitetida “Yashil makon” dasturi bo’yicha “Ekobog’” tashkil etildi hamda Iqtisodiyot kafedrasi “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” nomi ostida faoliyat olib bormoqda. Amalga oshirilgan islohotlar biz uchun yangi imkoniyatlar va bilimlar eshigini ochdi va kafedra ilmiy izlanuvchilari tomonidan bu yo’nalish bo’yicha ilmiy ishlar bajarilmoqda.
Bularning barchasi mamlakatimiz salohiyatini har bir yo’nalish bo’yicha yangi bosqichga olib chiqish, ekologik muammolarga e‘tibor qaratish, atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, iqtisodiyot, sanoatning barcha tarmoqlariga joriy qilish orqali yuqori samaraga erishish maqsadi ilgari surilmoqda. “Yashil iqtisodiyot” nafaqat yuqori samara balki, toza va xavfsiz ekologik hudud, tabiiy va sifatli oziq-ovqat, tabiat in’omlaridan tog’ri foydalanish va ularni kelajak uchun yetkazish hamdir. Shu bilan birga zamonamizning eng nozik va global muammolarini yechimi hisoblanadi.
2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” deb nomlanishi bu boradagi davlatimiz siyosati va olijanob xalqimizning azaliy orzu-umidlaridan bo’lib, jamiyatimizning har bir a’zosi kabi biz olimlarga ham sharafli mas’uliyat yuklaydi. Jamiyatimizning ziyoli qatlami sifatida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo’llab-quvvatlagan holda o’z vazifamizni to’la-to’kis bajarishimiz xalqimiz oldidagi oliy burchimizdir.
Zaidov Islom Ibragimjanovich
Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi o’qituvchisi