Insoniyat tarixidagi eng yaxshi davr… yoki eng katta baxt – Vatanga kerakliging…
“Har bir qavm oʻzining bosib oʻtgan ijtimoiy, siyosiy ahvolini bilishi kerak, oʻzini oʻsha oʻtgan tarixiy davr bilan taqqoslab oʻsha davridan qanchalik rivojlanganini bilishi joizdir. Har bir millat agar yashashni xohlasa, oʻz qavmining oʻtmishi, tarixiga murojat qiladi va agar biror qavm halokatga mahkum boʻlgan boʻlsa, uning sabablarini oʻrganib, bu halokatga bogʻliq boʻlgan odatlarini tark qilishi kerak. Boshqa millatning taraqqiysiga sabab boʻladigan qoidalarni oʻziga qabul qilishi zaruriyatdir”.
Abdurauf Fitrat (Rahbari najot.)
Eng katta baxt – vatanga kerakliging…
Har qanday xalq ijodida ezgulik va olijanoblik, mardlik va qahramonlik,vatanparvarlik va insonparvarlik tarannum etilgan. Afsonaga aylangan qahramonlar,eposlarda kuylangan jasur oʻgʻlonlar yurt ozodligi uchun kurash, haqiqat va adolat tantanasi yoʻlida mardlik koʻrsatish timsoliga aylangan. Ezgulik va yovuzlik kurashi muqarrar ravishda ezgulikning gʻalabasi, qora kuchlarning tor-mor etilishi bilan yakun topgan. Hech bir xalq yovuzlik va razolatni, oʻgʻrilik va gʻirromlikni,sotqinlik va hasadgoʻylikni yoqlaydigan yoki oqlaydigan ertak – rivoyat yaratgan emas. Oʻtmishda yuz bergan minglab voqea-hodisalar, odamlarning bari ham tarixiy xotirada saqlanib qolmaydi, bunday boʻlishi mumkin ham, zaruriyat ham emas. Jamiyatning yoki davlatning yangi rivojlanish bosqichi kechagi oʻtmish xotirasida ustuvor boʻlgan qarashlar, qahramonlar va qadriyatlarning transformatsiyasini keltirib chiqaradi va yangi kun manfaatlari va ehtiyojlari nuqtayi nazaridan qayta baholanadi.
Har bir jamiyatning uzoq tarixiy jarayonlari, odamlarning ijtimoiy hamkorligi va anʼanalari zamirida rivojlanadi. Rivojlantirish esa, oʻzaro ishonch, ijtimoiy qadriyatlar, davlat va nodavlat tashkilotlarda koʻngilli ishtiroklari, faollik va tashabbuskorlik kabi omillarida namoyon boʻladi. Buning uchun esa zamonaviy oʻzbek jamiyatida kishilardagi sosial mobillik va oʻz–oʻziga ishonchni ortiruvchi turli faktorlar individul va jamoaviy hamkorlik, muloqot, umumiy munosabatlar oʻrnatish yoʻli orqali ijtimoiy kapitalni jamiyatning muayyan potesial va uning ajralmas qismiga.
Xalqimiz tabiatida tarixga hurmat, ajdodlarimiz merosiga ehtirom, ularning boy maʼnaviy mulkini eʼzozlash xususiyati, oʻziga xos anʼanalari tarkib toptirildi. Vatanimizning oʻnlab allomalari faxr-ifixorimiz manbai boʻlgan ulugʻ ajdodlarimiz ruhini eʼzozlab ulkan obidalar, memorial koshonalar, haykallar barpo etildi, maxsus anjumanlar oʻtkazilishi, bagʻishlov kitoblari nashr etilishi yoʻlga qoʻyildi. Bu esa aholining xususan yoshlarning chin vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish imkonini kengaytirdi.
Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot tendensiyalari mamlakatimizni industrial rivojlantirishda shaxs salohiyati, manʼaviy – intellektual omil rivojiga ustuvor ahamiyat qaratishni dolzarb masalaga aylantirdi. Vatanimizning barqaror taraqqiyoti uchun mavjud intellektual salohiyatni samarali ishga solish, mutaxassislarning oʻz faoliyatiga ongli yondoshuvini shakllantirish, ularning shaxsiy masʼuliyat va tashabbuskorlik fazilatlarini kuchaytirish katta ahamiyatga egadir. Insonning shaxsiy masʼuliyat, tashabbuskorlik hamda fidoiylik fazilartlari esa vatanni chin dildan sevishdan, vatanparvarlikdan kuch oladi.
Dunyo xalqlarida vatanparvarlik…
AQSh ta’lim tizimida "Political education" va "Formation of moral spirit" deb nomlangan fuqarolarning vatanparvarlik tarbiyasini oshirish bo‘yicha ta’lim – tarbiya dasturlari mavjud.
Serbiyada yosh avlodda tarixiy vatanparvarlikni rivojlantirish hamda oʻtmish qadriyatlarini saqlash maqsadida avgust oyida “Vanselot ritsarlari" milliy bayram sayllari oʻtkaziladi. Hudda shunga o'xshash bayram Tebetda dekabr oyida oʻtkazilar ekan farqi unda koʻproq diniy qadriyat va urf-odatlarga bag'ishlanar ekan va bunda tarix qadriyati va xotirasi mujassamdir. Aslida qadriyat nima degan savolga javob berishimiz kerak.
Yaponiyada vatanparvarlik yoshlarning o‘z milliy qadriyatlariga hurmat, tarixiy merosni o‘rganish va jamiyatga xizmat qilish orqali rivojlantiriladi. Maktablarda tarix va madaniyat bo‘yicha darslar orqali yoshlar mamlakat tarixi va milliy ramzlarini o‘rganadi. "Kendo" (yapon jang san’ati) va boshqa sport turlari orqali yoshlarga intizom va jamiyatga xizmat qilish mas’uliyati singdiriladi. Yoshlar milliy o‘zlikni anglashi bilan birga, zamonaviy jamiyatga moslashuvchanlikni ham rivojlantiradi.
Germaniyada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish orqali amalga oshiriladi. "Bundesfreiwilligendienst" (Davlat xizmatlari) orqali yoshlar jamiyatga ixtiyoriy xizmat ko‘rsatadi (tibbiyot, ekologiya, ijtimoiy sohalar).
Fransiyada vatanparvarlik “Erkinlik, tenglik va birodarlik” (Liberté, égalité, fraternité) shiori asosida rivojlantiriladi. Ta’lim tizimida Fransiya inqilobi va inson huquqlari deklaratsiyasi asosiy mavzular hisoblanadi. Milliy bayramlar, ayniqsa, 14-iyul (Bastiliya kuni) yoshlar orasida fuqarolik g‘ururini oshiradi.
Buyuk Britaniyada vatanparvarlikni singdirish jamiyatga xizmat qilish va ijtimoiy loyihalar orqali amalga oshiriladi. "National Citizen Service" (Milliy fuqarolik xizmati) yoshlarni jamiyatda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga jalb qiladi. Yoshlar jamiyatda o‘z o‘rnini anglab, davlatga bo‘lgan hurmat va mas’uliyatni kuchaytiradi.
Xitoyda vatanparvarlik Kompartiyaga sodiqlik va milliy birdamlik tushunchalari orqali singdiriladi. "Vatanparvarlik ta’limi kampaniyalari" orqali yoshlar orasida mamlakat rivoji va birdamligi targ‘ib qilinadi. Harbiy va sport lagerlari orqali yoshlarning intizomi va vatanparvarlik ruhi oshiriladi. Yoshlar mamlakat rivojiga hissa qo‘shishga intiladi va birdamlikni saqlaydi. Xitoy Xalq Respublikasining oliy ta’limi to‘g‘risidagi qonunining 53-moddasida Oliy ta’lim talabalarining vatanparvarlik, mafkura va axloqqa nisbatan majburiyatlari ham belgilab berilgan. Bu Xitoy Xalq Respublikasining Oliy ta’limi to‘g‘risidagi qonunining 53-moddasiga asosan, xitoy fuqarolari, talaba – yoshlari QQ va WeChat messenjerlaridan foydalanish kerak, chunki bu messenjerlar davlat tomonidan boshqarilib, yoshlarning vatanparvarlik tarbiyasi samaradorligini yanada oshirish maqsadida yaratilgan.
Janubiy Koreyada yoshlar orasida milliy qahramonlar va texnologik yutuqlar orqali vatanparvarlikni shakllantirish keng tarqalgan. Ta’lim va armiyada xizmat qilish milliy birdamlikni oshiruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Milliy bayramlar va festivallar orqali yoshlar madaniy meros bilan tanishtiriladi.
Hindistonda yoshlar ongiga vatanparvarlikni singdirishda madaniyat, an’analar va ko‘p millatli birdamlikka urg‘u beriladi. "Bharat Scouts and Guides" harakati yoshlarni jamiyatga xizmat qilish va madaniy qadriyatlarni hurmat qilishga o‘rgatadi. Madaniy festivallar va musobaqalar yoshlar orasida milliy birdamlikni targ‘ib qiladi.
Turkiyada vatanparvarlik Mustafo Kamol Ataturk g‘oyalari va milliy birdamlik asosida rivojlantiriladi. Yoshlar orasida davlat bayrogi, madhiya va milliy qadriyatlarga hurmat targ‘ib qilinadi. Ta’limda tarixiy voqealar va qahramonlar hayoti o‘rganiladi.
Ijtimoiy institutlar tomonidan ixtisoslashtirilgan chora-tadbirlarning izchilligi vatanparvarlik muhimligini jamoaviy tushunishga yordam beradi. Qadriyatlarning ijtimoiy tuzilishini hisobga olgan holda, shaxs o'zining ma'naviy-axloqiy ko'rsatmalarini shakllantiradi, bu esa keyinchalik unga muayyan qarorlar qabul qilish va harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Dunyo xalqlari o‘z milliy qadriyatlari, madaniy merosi va tarixiy tajribalaridan kelib chiqqan holda, yoshlar orasida vatanparvarlikni shakllantirishga alohida e’tibor beradi. Har bir xalqning vatanparvarlikni targ‘ib qilish usullari milliy o‘ziga xosliklarga, davlat siyosatiga va ta’lim tizimiga bog‘liq.
Insoniyat tarixidagi eng yaxshi davr…
Kishilаrning оʻz оʻtmishigа bоʻlgаn ijоbiy munоsаbаtlаrini rivоjlаntirishdа tаrixiy nаrrаtivlаrning оʻrni, milliy mаnsublik hissini yuksаltirishdа xоtirаning ustuvоr аhаmiyаti, tаrixiy xоtirа tаrаqqiyоtini belgilаydigаn ijtimоiy-mаdаniy jihаtlаrni оʻrgаnish, kishilаr tаrixiy xоtirаsini rivоjlаntirishdа milliy mаdаniy merоsning оʻrnini аniqlаsh, milliy-madaniy turmush tarzida namoyon boʻlish xususiyatlarini tadqiq etish ustida qator innovatsion yondashuv va loyihalar amalga oshirilmoqda.
Globallashuv sharoitida millatning omon qolishi maqsadlariga mos keladigan davlat mafkurasini yaratish va uni zamonaviy dunyo transformatsiyasi tendensiyalari hamda yosh avlodning talablariga muvofiq holda doimiy ravishda yangilab borish. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish globallashuv jarayonining umumiy va ob’ektiv xususiyatlarini, insoniyat jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida hal qiluvchi belgilaridan biri sifatida anglashni talab etadi.
Globallashayotgan dunyoda millatning omon qolish g‘oyasi sifatida milliy g‘oyani shakllantirish asosida jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini tezkor konsolidatsiya qilishning muhimligi va dolzarbligini anglagan holda; milliy madaniyat va an’analarni tiklash, insonlarning o‘z jamoaviy manfaatlarini aniqlash hamda globalistik ekspansiya tahdidlari qarshisida ularni himoya qilish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish zaruratini anglashga asos bo‘luvchi qadriyat sifatida tiklash.
Biz yoshlarga milliy vatanparvarlikni targʻib qilar ekanmiz, avvalo, oʻquvchi-yoshlar ongiga naʼmuna boʻlishga arziydigan buyuk ajdodlarimizning hayoti, vatan uchun qilgan xizmatlari, koʻrsatgan qahramonliklarini hayotdagi ideallari sifatida singdirishimiz lozim. Shundagina maʼnaviyati mustahkam, vatanparvar avlod shakllanadi. Qolaversa, hozirgi siyosiy, mafkuraviy qaltis bir davrda milliy tarix va tarixiy ong yoshlar ongida ularda yuz berishi mumkin boʻlgan milliy maʼnaviy begonalashuvga qarshi immunutet hosil qiladi. Bugungi kunda dunyoning bir qator mintaqalarida, ayniqsa, yoshlar qatlami orasida begonalashuvning turli koʻrinishlari avj olayotgani buning yorqin misolidir.
Muhriddin SODIRJONOV Sotsiologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent