Shofirkon tuman adliya bo‘limi YXKM xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Shofirkon tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Madad NTT xodimlari tomonidan tumandagi "Sharof Rashidov" MFYda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli qonuni, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan normalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF-80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Targ‘ibot tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF-80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va uning ilovalaridagi 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi asosida amalga oshirilayotgan ishlar va unda belgilangan vazifalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.