November 13, 2024

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TALABALAR TURAR JOYIDA “AMALIY MATEMATIKA VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI KUNI BAYONNOMASI

Tashkilotchilar: Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi professor o’qituvchilari

2024 yil 13- noyabr kuni Buxoro davlat universitetining 1-talabalar turar joyida "Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari" kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Besh tashabbus doirasida "Yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishni tadbiq etish", "Kiberjinoyatchilik profilaktikasi" hamda "Kitobga bo'lgan e'tibor" deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Bunda talabalarning kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishi davr talabi ekanligi , ulardan oqilona va kerakli maqsadlarda foydalanish shartligi, Kiberxavfsizlikni oldini olish chora tadbirlari, kiberxujumlarga uchraganda qilinadigan zarur ishlar to'g'risida fikr mulohazalar tinglandi. Zamon bilan hamnafas bo'lish bilan birga kitob mutolaasini ham unutmaslik takidlandi.

Tadbirni kafedra dotsenti Sh.M.Imomova ochib berdilar va talabalarga hozirgi kunda juda katta imkoniyatlar berilayotganligi, kundan-kunga sohamiz bo’yicha magistratura yo’nalishlari kengayib, chet elda magistatura va doktoranturada o’qishni davom ettirish imkoniyatlari haqida gapirib berdilar. Kafedramizda ta’lim olib, hozirda top 200 talikka kirgan oliy ta’lim dargohlarida o’qishini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan va o’qishini tugatib, IT yo’nalishida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan talabalarimiz haqida, hattoki hozirda talaba bo’lib turib, IT yo’nalishidagi faoliyatida yaxshi daromad olib, oilasiga foyda keltirayotgan talabalarimiz haqida to’xtalib o’tdilar.

So’ngra kafedra o’qituvchisi F.S.Sodiqova so’zga chiqib, talabalarning kiyinsh madaniyati, odob axloq qoidalari va Universitetning ichki tartib qoidalari haqida gapirdilar.

So’ngra "Kiberxavfsizlikni ta'minlash davr talabi" mavzusida suhbat o’tkazilib kerakli bilimlar berildi va muammoga duch kelganda kimga murojaat qilish kerakligi aytildi. Talabalarga kerakli tavsiyalar berishdi va talabalarning savollariga javob qaytarildi.

Tadbir davomida Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusining 3 tashabbusi bo‘yicha talaba yoshlarni kitobga bo’lgan mehrini uyg’otish va takomillashtirish maqsadida "KItobga bo'lgan e'tibor" mavzusiga ham to’xtalib o’tildi.

Ushbu tadbir juda qiziqarli, ma’lumotlarga boy va ko’tarinki ruhda o’tdi. Bir soʼz bilan aytganda, Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi professor-oʼqituvchilari tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlarga birdek mehr, quvonch ulashildi. Mana shunday tadbirlarning tashkil etilishi, talabalarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ulardagi jamoaviylik xarekterlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.