Buxoro davlat universiteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasida 26-noyabr kuni “Korrupsiya va milliy taraqqiyot: muammo hamda yechimlar” mavzusida o’tkazilgan ma’rifat soati BAYONNOMASI
Korrupsiya jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omil ekanini bilamiz. Shu sababli, davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar koʻrilmoqda.Korrupsiya jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omil ekanini bilamiz. Shu sababli, davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar koʻrilmoqda.
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarining tashkil etilishi shunday ishlar davomidir.Korruptsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, tarqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi. Bugungi kunda butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
Ayni paytda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. Bu borada har birimizdan hushyorlik va mas'uliyatlilik talab etiladi.
Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, fuqarolarimizning faolligi kuzatilmasa, korruptsiya huqubuzarliklari, tamagirlik kabi holatlar haqida tegishli davlat idoralarini ogohlantirmasa, xabar bermasa ushbu illatdan butunlay qutilishning iloji yo'q. Korruptsiyaga qo'l urish natijasida ayrim g'arazli maqsadga ega shaxslarning bu kabi illati sababli halol va o'z mehnat faoliyatiga sodiqlik bilan sidqidildan xizmat qilib kelayotgan xodimlarning ham nomiga dog' tushishi achinarli holatlardan yana biridir.