January 29, 2025

The past under the waves

Hwang Naelora... O‘n yetti yoshli maktab o‘quvchisi. U quvnoq, har doim o‘ziga xos harakatlari bilan ajralib turadi va ba’zida o‘zini o‘zi ham “krinj” deb atardi. Hayoti oddiy, ammo ba’zan g‘aroyib hodisalarga boy edi. Bu tong ham odatdagidek boshlandi. Naelora budilnikning ohangiga uyg‘onib, o‘zicha pichirladi:— Yana maktab, yana zerikish... Hwang Naelora, sening hayotingga qachon qiziq voqealar kirib keladi, a?Maktabga kelganida esa uning kunlari odatdagidek davom etdi. Dugonasi Mia bilan dars paytida tinimsiz pichirlashib o‘tirishardi. O‘qituvchi sinfga kirib kelganida esa ular hanuz suhbatlarini to‘xtatmas edi.— Naelora, eshitdingmi? Bugun kechqurun chiqib, yangi drama ko‘ramizmi? — dedi Mia.— Yo‘q, bugun ertaroq uyquga yotaman, ko‘rishga vaqt bo‘lmaydi. Balki ertaga? — javob berdi Naelora past ovozda.Ularning suhbatini oxirida eshitgan o‘qituvchi ularni qattiq ohangda to‘xtatdi:— Mia! Naelora! Dars paytida shivirlashmaslik kerakligini qancha aytaman?!Bundan uyalib qolgan ikkisi jim bo‘lib, yozuv daftarlari tomon qarashdi. Lekin o‘qituvchining keyingi so‘zlari butun sinfning e’tiborini tortdi:— Hamma eshitsin! Ertaga ikki kunlik sayohatga boramiz. Hozirdanoq tayyorlanib qo‘yinglar!Bu gap sinf o‘quvchilarining orasida shovqin-suronni boshlab yubordi: