September 23, 2025

A Billionaire's Mistake

Chapter 2.

Koʻchirim soʻrash.

“Tuzat buni,” — dedi Margo istehzoli kulib, vizitkasini stolimga qattiq urarkan. Uning yashil ko‘zlari alangadek yonar, ichidagi g‘azab yuzidan o‘qilardi.

— Ishonmayman, Linc. Qanaqa ahmoqlik bu? Uchrashuvga portfel olib kelgan odamni ko‘rganmisiz o‘zi? Bu senga ishora bo‘lmadi, axir?

Agar bu gaplarni menga boshqa xodimim aytganida edi, o‘sha zahotiyoq ishdan haydagan bo‘lardim. Lekin Margo menga maktab davridan beri eng yaqin do‘st. Universitetni tugatganimizdan so‘ng kompaniya mening qo‘limga o‘tishi bilanoq, uni ishga taklif qilganman. U bo‘lmaganda, bu biznesni qanday qilib saqlab qolgan bo‘lardim, bilmayman. Rostini aytsam, hozir ham zo‘rg‘a yurityapman. Shuning uchun ham Margoning bu xatolikdan bunchalik qahrga kelgani bejiz emas.

Liora bilan. Otam vafotidan keyin kompaniya menga o‘tganidan beri ishlar keskin yomonlashdi. Bir necha yil oldin Jeon Hotels & Suites mamlakatdagi eng tez rivojlanayotgan mehmonxonalar tarmog‘i edi. O‘sha yili, otam... (men yuzimni qiyshaytirib, og‘riqni yashiraman), biz o‘n ikki yangi filial ochgan edik. Lekin rahbarlik men qo‘limga o‘tgach, hech narsani ushlab qola olmadim. Bunchalik erta mas’uliyat yuklanishini kutmagandim, o‘rganishim kerak bo‘lgan narsalar haddan tashqari ko‘p edi. Ikki yil ichida esa kompaniya poydevori titrab ketdi. Pandemiya tufayli iqtisodiyot yiqildi, xodimlar almashinuvi oshdi. Filiallarimizni to‘liq xodimlar bilan ta’minlay olmadik, mijozlar noroziligi esa reytinglarni tubanlikka olib tushdi. Endi esa katta miqdorda pul yo‘qotyapmiz. Liora Vize bizni qayta oyoqqa turg‘izadigan yagona imkoniyat edi.

— Sen mutlaqo tentaksan, — dedi Margo yana xo‘mrayib. Nihoyat g‘azabini so‘kib chiqarib bo‘ldi. Men esa stolimdagi Lioraning vizitkasiga tikildim, undagi elektron manzilni yana bir bor ko‘zdan kechirdim.
— Bilaman. Endi nima qilishni xohlaysan?

— Bilmayman, — u istehzoli kuldi. — Borib, oyoqlariga yiqil. Aytsang-chi, seni onang yana telba ayollarga uylantirmoqchi bo‘lyapti, deb. Men uchun baribir — nima qilsang qil, lekin Liorani qayta hamkorlikka ko‘ndir.

Ofisimning shisha eshiklari ortidan bir nechta xodim ichkariga qarab turardi, Margoning nima sababdan bunchalik jahli chiqqanini tushunishga urinib. Uning asabiylashishi odatiy, lekin odatda bu jahli menga qaratilmagan bo‘ladi.
— U ketishidan oldin bog‘lanishini aytgandi. Menga u hamon hamkorlikka moyildek tuyuldi, — dedim.

— Ha, ehtimol, lekin sening axmoqliging tufayli bu kompaniyani barbod qilishi ham mumkin. Jungkook, qanchalik yomon bo‘ldi?

Men keskin nafas tortdim, ko‘zlariga qarashga jur’at eta olmadim.

— Qancha. Yomon. Bo‘ldi?

Tomog‘imni qirib, ovozimni past qildim:
— Balki, unga... agar yaxshi vaqt o‘tkazishni istasa, keyin biz...

— Voy, xudo! — Margo qichqirib yubordi. Men esa quloqlarimni cho‘chib tortib oldim. U qora bob-sochini quloq ortiga sidirib qo‘ydi-da, chuqur xo‘rsindi.
— Hozir unga email yozib, uzr so‘ra.

— Sen aslida mening sekretarimsan, boshlig‘im emas, — dedim men.

U ko‘zlarini aylanib, lo‘q qilib qo‘ydi.
— Iltimos. Agar men bo‘lmaganida, sen allaqachon xarob bo‘lgan bo‘larding. Hozir email yoz.

Men unga qarshi chiqolmadim, shunchaki bosh irg‘adim. U ofisimdan chiqib ketarkan, eshikni qattiq yopib yubordi. Tashqarida to‘planib qolgan yordamchilar ham tarqalib ketishdi. Men kulgimni bosib, kompyuterimni ochdim.

Margo meni tartibga solib turadi. Ba’zan jahlimni chiqarsa-da, bilaman — u doim mening foydamni o‘ylaydi.

Sorry, not sorry..

Qizil bilan belgilangan uchta xat — moliyaviy maslahatchim Brockdan. Yana yo‘qotayotganimiz aniq. Keyinroq u bilan majlis o‘tkazishim kerak.

Do‘stim Archer ichimlikka taklif qilgan, lekin men e’tibor bermay 'Yangi xat' tugmasini bosdim..

Kimga: vvize@stonemedia.com
Mavzu: Uzr

Hurmatli Vize xonim, bugun ertalab sodir bo‘lgan voqea uchun sizdan samimiy uzr so‘rayman. Agar imkon bersangiz, tushuntirishni juda istardim. Sizning hamkorligingiz biz uchun nihoyatda muhim. Ertaga tushlikda uchrashimizga nima deysiz?

Hurmat bilan,
Jeon Jungkook
CEO
Jeon Enterprises, Inc.

Xatni yuborgach ham Lioraning ismi lablarimda muhrlanib qoldi. Aslida Brockning xatlarini ko‘rishim kerak edi, ammo o‘zimni tuta olmay, internetda Liora haqida ma’lumot qidira boshladim.

U bunchalik yosh bo‘lsa kerak, deb o‘ylamagan edim. Butun Sharqiy Sohilda eng muvaffaqiyatli marketing firmasi unga tegishli. Hatto mamlakat bo‘yicha ham shunday bo‘lishi mumkin. Va u atigi... yigirma besh yoshda. Mendanda yosh. Baribir ulkan muvaffaqiyat. Bu esa juda ham hot.

Va u goʻyoki men dunyodagi oxirgi odamdek qaramagani, men uni uyimga olib ketishimga hech qachon ruxsat bermaydigandek tuyuldi goʻyo. Rostini aytsam, uni ayblay olmayman. Ahmoqlik qildim. Rasmiy uchrashuv o‘rniga unga uyimga kelishni taklif qildim. Uyalib ketganimdan yuzim qizarib, ichimni g‘ashlik bosdi.

Uning o‘zi ham tadbirkor. Kompaniyasini butunlay o‘z kuchi bilan, hech kimning yordamisiz barpo qilgan. Yigirma besh yoshida buni qanday uddaladi? Aql bovar qilmaydi. Men esa qoyil qoldim. Hatto qoyil qolishdan ham ortiq — lol bo‘lib qoldim, skroll qilishni davom ettirar ekanman. Kaliforniyada tug‘ilib-o‘sgan, keyin kollejni tugatgach New Yorkka ko‘chib kelgan ko‘rinadi. Nahotki, eng katta muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan joyini tashlab ketgan bo‘lsa?

Bu savol miyamda aylanar ekan, suratlariga o‘tdim. Turli tadbirlarda, turli joylarda tushgan o‘nlab suratlar. Va men qizil gilamda tushgan suratida toʻxtsb qoldim.. u ipakday yaltiragan libosda. Libosning chuqur kesimi ko‘krak chizig‘ini ham, qornining birozini ham ochib qo‘ygan. Uning qaddi-qomati esa mukammal, terisi libosidek silliq, hatto undan ham nozikdek tuyulardi.

Men bugun unga qo‘pol bo‘ldim, bilaman. Shunday gaplarni aytmasligim kerak edi. Lekin agar u o‘shanda mening taklifimni qabul qilganida-chi... Xudo!

Biz o‘sha qahvaxonadan chiqiboq taksiga o‘tirardik. Yo‘l davomida uning barmoqlariga yengilgina tegib, keyinroq nimalar bo‘lishini eslatib o‘tar edim. Keyin esa, o‘ttizinchi qavatdagi, butun shaharni ko‘rib turadigan kvartiramga yetib kelgach... men uni shu yerning o‘zida bag‘rimga bosar edim. Hech qanday ortiqcha gap-so‘z, suhbat emas — faqat biz, faqat zavq. Uning nozik futbolkasini yirtib, dumaloq ko‘kraklarini ko‘rishga oshiqardim... So‘ng uni shisha devorlarga tirab, yubkasini yuqoriga ko‘tarib, tiz cho‘kib... unga nega shu paytgacha yolg'izlikni tanlaganimni ko‘rsatib berar edim.

Kompyuterimdan chiqqan ding ovozi xayolimni bir lahzada bo‘lib tashladi. Qattiq taranglashganim kostyumimni siqib yuborgan, joyimni almashtirishga urinib, ekranda chiqqan javobni o‘qish uchun Lioraning suratlarini shoshilinch yopdim.

Kimdan: vvize@stonemedia.com
Mavzu: Aniqlik

Janob Jeon, izoh shart emas. Men faqat sizning kompaniyangiz bo‘yicha rejalarimni ko‘rib chiqish uchun uchrashishga roziman. Faqat aniqlik kiritmoqchiman: bu biznes uchrashuvi bo‘ladi, to‘g‘rimi?

Hurmat bilan,
Liora Vize
CEO
Stone Media Entertainment

Uning bu xabarini oʻqib yana miyamga behayo xayollar kelishni boshladi va yana kompyuterimning ding etgan ovozi halaqit berdi..

Kimdan: Margo
Mavzu: Ahmoqlikni bas qil!!!

Salom, xo‘jayin.
Bir eslatma: sen qidirgan hamma narsani ko‘rib turaman. Aytsam adashmayman: Liora sen uchun juda baland darajada.

Margo

Margoning yozgan xabariga koʻzimni suzib javob qaytardim.

Kimdan: Jungkook
Mavzu: Xotirjam bo‘l

Liora qanchalar jozibali bo‘lmasin, men baribir bakalavr hayotiga mos odamman. Balki keyinga kerak bo‘lsa, suratlarini qidirgandirman ;)

P.S. — Tomos bilan uchrashuvni tayinla, qidiruv tariximni boshqa serverga o‘tkazsin. Iltimos, shu xatni ham o‘chirib tashla.

Jungkook