April 15, 2025

Men bilan oʻtirma dedim!

— Jungwooon! Men bilan o‘tirma dedimku! — dedi Moxinur lablarini burib.
U har safar araz qilsa, sinfdoshlar “yana boshlanishdi” degandek kulimsirashardi.

— Boshqa joy qolmagan edi, Moxi... — Jungwon bechora ovozda javob qaytardi, ammo kulgisini bosolmadi.

Bugun ertalabdan Moxinurning kayfiyati yomon edi. U orqasidagi o‘rindiqqa sumkasini qo‘yib: “Bu joy band!” deb ta'kidlagandi. Ammo Jungwon, har doimgidek, o‘zini “men sevgilisiman, imtiyoz bor” deb o‘ylab, sumkani chetga surib, o‘tirib olgan edi.

— Kayfim yo‘q dedim, yurakni achitma hozir.
— Men yurakni emas, faqat sumkani surdim-ku...

Sinfxonadagi bolalar kulib yuborishdi. Moxinur esa yuzini burib, derazaga qarab oldi. Dars davomida Jungwon uni qandaydir tarzda ko‘nglini olishga harakat qildi. U daftariga yurakchalar chizib, ostiga:

> “Moxi + Jungwon = Doim birga”

deb yozdi va sekin daftarini unga surdi. Moxinur qaradi... keyin daftarni yopib, stol ostidan Jungwonga turtilib yubordi.

— Bu bolani urmasam bo‘lmaydi...

Tanaffusda esa ular har doimgidek birga ovqatlandilar. Moxinur qovurilgan tuxumni Jungwonning idishiga tashlab yubordi.

— Bu nima endi?
— Yuragim singari kuygan tuxum.

Jungwon kulib yubordi. Moxinur esa ko‘z qisib qo‘ydi. Ular urishsa ham, kulishardi. Arazlashsa ham, kechirishardi. Chunki ular bir-biriga ko‘nikib qolgan, ajralmas juftlik edi.

Darsdan so‘ng Jungwon Moxinurni uyiga kuzatib qo‘yarkan, asta dedi:

— Moxi… Qachon qarama araz qilasan, lekin baribir meni tark etolmaysan.
— Chunki men araz qilaman, sen esa ko‘nglimni olasan. Shunaqa yomon o‘rgatib qo‘ygansan o‘zing!

— Demak, hammasi mening aybimmi?
— Albatta! Ammo baribir seni yaxshi ko‘raman, bezorim!

— Men ham seni, arazchi qizaloq.

Ular yo‘l bo‘yi kulishdi, itishib-surishdi, ammo yuraklarida bir xil ohang chalinardi — “bu muhabbat janjallari bilan go‘zal”.

Tamom.