July 12, 2025

Code: Obsession

Chapter 1

"Agar u bo‘lmasa, unda hech kim."

"U uchun, men hamma narsani qilaman, faqat u uchun."

"Men faqat uni xohlayman!"

"Sen obses­siya dedingmi? Men uning ismini eshitdim."

"Agar taqdir bizni uchrashtirishni istasa, biz har qanday narx evaziga uchrashamiz.."

_______

Y/n

Y/n 16 yoshli yuqori maktab o'qivchisi. U o'zining o'gay oilasi bilan yashaydi. Uning onasi u tug'ilganidayoq jon bergan. Otasi esa buni ko'tara olmay yurak huruji bilan vafot etgan. Shunday qilib uni boshqa oila boqib olgan. Erta tong. U uy ishlarini qilib bo'lib, maktab uchun tayyorgarlik ko'rayotgan edi... uning og'ay opasi Jeun-cha baqirib uni ismi bilan chaqira boshladi...

Jeun-cha: men seni yana qancha chaqirishim kerak lanati qiz!!!

Y/n: ketayapman opa

Y/n zinalardan tushib kelib uning yonida paydo bo'ldi...

Jeun-cha: qani meni maktab tushligim?

Y/n: uni tayyorlab stol ustiga qo'yib qo'ydim opa

U gapini tugatishi bilan yuziga qattiq tarsaki uruldi. Y/n yerga yiqilib tushdi.

Jeun-cha: men senga qancha aytishim kerak? Meni opa emas xonim deb chaqir lanati qiz!!!

U bu gaplaridan keyin y/n ni oyoq kiyimi bilan ura boshladi. Y/ning ko'zlaridan yoshlar oqib tushar ekan uning opasi 5 daqiqadan keyin to'xtadi.

Jeun-cha: sen bilan maktabda gaplashaman lanati qiz. Ertalabdan kayfiyatimni rasvo qilding bitch!

Y/n o'rnidan endi turgan edi uning yuziga yana tarsaki kelib tushdi...
Bu uning o'gay otasi Mr.Lee edi.

Mr.Lee: bitch ertalabdan mening erkatoyimni kayfiyatini buzishga qanday xadding sig'di?

Uning otasi shu bilan unga yana tarsaki tushurdi.

??: azizm qoying jozir u maktabga ketishi kerak. Yana keyin maktabga gap eshitish uchun borishni istamayman.

Uning o'gay onasi Mrs.Lee labiga lab bo'yog'ini surtib gapirar ekan.

Mr.Lee: ko'zimdam yoqol. Hozir seni bir narsa qilib qòyaman.

Y/n: rahmat dadajon~deya u egilib chiqib ketdi.

Yo'lda u yugurib maktab tomon yig'lab ketar ekan.

Y/n: nimaga bu dunyo menga shunchalar shavqatsiz?

Ko'z yoshlar ko'zlaridan oqib tez yura boshladi. Y/ni oilasi, ko'chadagi odamlar hattoki sinfdoshlari ham qiynaydi. U har kuni maktabga oilasi tufayli kech qolganligi sababli o'qituvchisi uni har kuni darsdan chiqarib yuboradi. Albatta kech qolganligi uchun va keyin sinfdoshlari uning ustidan kulib, masxara qilishadi...

Y/n yo'lda yig'lab ketar ekan, yo'lning o'rtasiga kelganini bilmay qoldi va katta qimmat baho mashinaning signali bilan o'zini anglab oldi

Y/n: kechiring janob. Kechiring ~ deya u mashinaga egilib, ko'z yoshlarini artib ketib qoldi

Haydovchi: Janob u maktab o'quvchisi ekan.

???:Ko'rdim ~ mashinaning orqa o'rindig'ida o'tirgan yigit qalin ovozi bilan kulib gapirdi...

???: Uni kuzating...

Y/n maktabga yetib bordi. Har doimgidek o'qituvchisi uni darsdan chiqarib yubordi. Dars tugashiga 20 daqiqa qolgan u eshik yonida yerga tikilgancha turar edi. Bir payt uning opasi Jeun-cha guruhi bilan uning oldida paydo bo'lishdi.

Jeun-cha: qaranglar kimni ko'rayapmiz~ u qah qaha etib kulib unga tarsaki tushurdi.

Girl/1: Jeun-cha senga havasim kelayapdi. Seni shunday o'yinchog'ing bor, u bilan hoxlagan payting o'ynashing mumkin.

Jeun-cha: Tch o'ynashmish. U meni har doim asabimni buzadi!

Jeun-cha Y/ning sochlaridan tortib ushlar ekan~
Jeun-cha: bugungi qilgan ishing uchun javob berasan lanati~ deya uni qo'yib yubordi

Jeun-cha: uni tomga olib chiqing!

Girl/2: turaqol lanati, seni ko'tarib olib chiqishni hoxlamayman! ~ deya Y/ni ushlab sudray boshladi

Y/n: yo'q unday qilmang. Iltimos.

Girl/3: ovozingni o'chir aks holda she tilingni o'z qo'llarim bilan kesib tashlayman.
Shu bilan ular Y/ni tomga olib chiqishdi va uni yerga uloqtirishdi.

Jeun-cha unga yaqinlashdi va uning sochlaridan ushladi
Jeun-cha: bugun seni qanday qaysi yo'l bilan qiynay yoki chazolaymi?

Girl/1: Jeuncha kel uni sochlarini yulib tashlaymiz

Girl/2: yoq bu oddiy kel unga turli xil qumursqalarni yediramiz

Jeun-cha: hamma ovozingni o'chir. Men nima qilishni yaxshi bilaman! ~ deya Y/nga qaradi

Jeun-cha: bugun boshqacha yo'l topaman. Qizlar uni bugun shu yerda qoldiramiz.~ deya uni uloqtirdi.
Y/n: yo'q to'xtang opaa

U uning gapini tugatmasidan ular tom eshigini qulflab qo'yishdi. Y/n yig'lagancha eshikni ura boshladi.
Afsuski ular ketib bo'lishgan edi. Y/n devor burchagiga o'tirdi va yig'lagancha uxlab qoldi.

Oradan 4 soat o'tdi hamma o'quvchilar ketib bo'lishgan edi. Y/ni esa hech kim tomdaligini bilmaydi. U esa birinchi marta hech kimning baqirishlarisiz tinchgina uxlayotgandi.

Oradan yarim soat o'tib eshik ochildi va qora ko'zoynakli, kostyumda bir yigit kirdi.

Bodyguard: xonim, y/n......y/n ~ deya u bir ikki marta uni turtdi. Va Y/n uyg'ondi.

Y/n: Qayerdaman? Kimsiz?

Bodyguard: tinchlaning xonim. Hamma o'quvchilar ketib bo'lishdi. Men sizni kutayotgan edim.

Y/n: meni nimaga kutasiz?

Bodyguard: sizni uyingizga tashlab qo'yaman, turaqoling.

Y/n: katta rahmat buni hojati yo'q deya ~ tezlik bilan ketib qoldi.

Agar buni o'gay ota-onasi uning uyga boshqa bilan kelganligini bilsa u naq ko'chada qoladi.

Y/nning ketayotganini ko'rib u kimdirgadir qo'ng'iroq qildi.

OTP
Bodyguard: janob xonim ketib qoldilar

??:u uyiga yaxshi yetib borganligiga ishonch hosil qilib, keyin menga xabar ber ~ deya qalin ovozda go'shakni qo'ydi...

1-qism tugadi
Vaqtingiz uchun rahmat
#Naelora_Watson