August 31, 2025

A Billionaire's Mistake

Chapter 1.

Xato.

Jungkook

Peshonamdagi ter tomchilarini artdim. New-Yorkning yopishqoq jazirama issig'i badanimni terlatdi. Quyosh tinmasdan boshimdan uradi. Iyulning qoq o‘rtasi - yildagi eng yomon vaqti. Turistlar oqimi eng cho‘qqisiga chiqqan, baland-baland binolar havo yo‘lini bekitib, odamlar gavjum olomoni orasida shamol ham kirishiga halaqit qilayapdi.
Jin ursin

Yana bir uchrashuv.

Ko‘zlarimni aylantirdim, ammo o‘zimni ushlab turmayman. Yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki skeitchini surib o‘taman, deyarli yangi tug‘ilgan bolasini aravachada sudrab ketayotgan bir otaga urilib qolay dedim. Yonimdan shoshilinch o‘tib ketayotganda past ovozda uzr so'radim.

O‘n daqiqa.

Bu la’nati uchrashuvga atigi o‘n daqiqa ajrataman. So‘ng ishga qaytaman.

So‘nggi oylarda onam meni sanab bo‘lmas ayollar bilan tanishtirdi. Ba’zlari uning “shahar-klub”dagi dugonalarining qizlari, ba’zisi xayriya ishlarida faol yuradigan ayollar, ba’zilarini esa bilmadim, go‘yo ko‘chada ko‘rib qolib, menga surat ko‘rsatib qo‘ygandek. Lekin yo‘q. Onam bunchalik sodda emas. U hisob-kitobli. U hech qachon shunchaki kimnidir tanlamaydi.

Ammo oxir-oqibat syollarning hammasi bir xil. Oila qurishga tayyor, joylashib olishni istaydigan ayollar. Sochlari silliq, tishlari mukammal. Eng muhimi - ular mehribon erkak xohlaydi. Men uchrashgan ayollar onalari qanday yashagan bo‘lsa, xuddi shunday hayot orzu qiladi: uyga qarash, bolalarni parvarish qilish, bo‘sh vaqtini golf maydonida yoki klubda oʻzlarining yoqtirgan kitobini varaqlash bilan o‘tkazish. Onam kabi.

Balki kimlargadir bu yoqar. Menga emas. Hali emas. Men yolg‘iz yashashimdan mamnunman. Shahardagi kondominiumim o‘zimga yetarli. Axir men endigina yigirma sakkizdaman. Istasam, keyinroq oila qurishim mumkin. Ammo onam. . . u to‘xtamaydi. U meni go‘yo tez orada qurib qoladigan, umri tugayotgan odamdek ko‘radi.

U bilan tortishish hech qachon tugamaydigan aylana. Shu bois har ikki haftada bir marta bu ahmoqona ko‘r-ko‘rona uchrashuvlarga boraman, onam tanlagan ayol bilan ko‘rishaman, keyin esa dunyodagi eng katta kibrli odamga o‘xshab o‘zimni tutaman, toki u meni boshqa qayta ko‘rishni istamasligi uchun.

Bu noto'g'rimi?
Ha.

Meni qiziqtiradimi?
Yo‘q.

Qimmatbaho kostyumimning kulrang galstukini biroz bo‘shatib, ichkariga havo kirishiga yo‘l ochib. Balki butunlay yechib tashlaganim ma’quldir, lekin unda ko‘ylak ostidan tatuirovkalarim ko‘rinib qoladi. Bu esa ayolga meni yana ko‘rish uchun ortiqcha bahona bo‘ladi.

Onam uchrashuvni Central Park yonidagi kichkina qahvaxonada belgilagan. Uzoqda ko‘lmakda juftliklar qayiq uchirib yuribdi, chap tomonda esa yam-yashil maysada sevishganlar romantik piknikda. Bir yigit uzum donini qizning og‘ziga tashlaganda qoshimni chimirib, yana ko‘zlarimni suzdim.

To‘ppa-to‘g‘ri bu joy onam tanlaydigan joy.

Qahvaxonaga eshikni belgilangan vaqtdan o‘n besh daqiqa kech ochib kirdim. Bu “uchrashuvni barbod qilish”ning birinchi qoidasidi: vaqtida kelma.

Odatda tanlangan ayolni ko‘rishim uchun o‘n soniya kifoya. Doim kimdir ortiqcha dabdabaga burkanib o‘tiradi: ikki hafta avvalgi xotin esa hatto patli shlyapada kelgan edi. Lekin bu safar… ko‘zimga hech kim tashlanmadi. Ikki biznesmen burchakda qog‘ozlar ustida qahva ichib o‘tiribdi, orqada esa ofitsiant ikki ayolga issiq shokolad olib borayapti. Men bilan koʻrishadigan sherigim esa yo‘q.

-Janob Jeon, - deya qattiq ohangda chaqirdi kimdir.

Boshimni burib qarasam, burchakda bir ayol allaqachon tik turib, qoʻlini menga uzatgancha turibdi. Onamni ichimdan birinchi marta maqtadim: bu safar u men uchun uncha yomon tanlov qilmabdi.

Avval bo‘yiga ko‘zim tushdi. U baland, yumshoq pushti poshnada esa ko‘zimga deyarli tenglashadi. Oyoqlari uzun, qora yubkasi esa tizzasidan biroz yuqorida tugaydi. Belga beparvo tiqilgan binafsha top esa yetarlicha ochiq – ortiqcha emas, qiziqtiradigan darajada.

Nigohim yuqoriga ko‘tarildi: to‘liq pushti lablar, mukammal tugmachasimon burun va qandaydir his-tuyg‘ularni yashirayotgan jiddiy qosh-ko‘z. Onam tanlaganlarning yuzida odatda bir zumda “umid” yozilib turardi. Bunda esa hech narsa yo‘q. Faqat. . . sovuqlik.

Sochlari quyuq jigarrang, orasida karamel rang yaltiraydi, yelkadan biroz pastga tushgan jingalak soch. Men esa qotib qolgandek unga tikilib qolganimni, qo‘li hamon havoda turganini u tomoq qirib eslatmaguncha sezmadim.

Ha, to‘g‘ri.

Salomlashish.

Qo‘limni uzatdim. Unda qoʻrqish hisini sezmadim. Teri yumshoq, lekin nam teri emas. Tirnoqlari puxta parvarish qilingan. Men esa ayollardan yetarlicha bilaman, Chanel atirini darrov tanidim. O‘ziga qarashni yaxshi biladigan qiz ekan. Onam ham boshqa turdagisini tanlamagan bo‘lardi.

-Uh, Jungkook, -dedim rasmiy ohangni buzib. - Bunday rasmiy bo‘lishimiz shart emas.

- Liora, - dedi u qisqa bosh irg‘ab. - Siz bilan tanishganimdan xursandman, Jungkook.

Liora.” LioraLioraLiora
Ismini tilimda aylantirdim. Onam tanlagan ayollarni yotog‘imga olib kirish haqida hech qachon o‘ylamaganman, lekin bu safar. . . boshimda faqat shu fikr.

Lekin men hech qanday nikohga qiziqmaganman. Men yakkayu yagona bakalavrman. Shunday bo‘lsa-da, ehtiyojlarim bor. Bu ayol esa ularni qondira oladi. Lekin onamni yutishiga yo‘l qo‘ymayman. U bu qizni tanlagan bo‘lsa, demak, bu qiz bilan nimadir notoʻgʻri.

Kichkina stolga o‘tirganimda u yonidagi portfeldan qalin papka oldi va varaqlay boshladi.

-Sizning kompaniyangizning umumiy qiymati qancha edi? - dedi u biroz beparvo holatda. -Hisobotni olgandim, lekin. . . uyda qoldiribman."

Hammasi joyiga tushdi.

- Demak, siz tayyorlanib kelibsiz, - dedim istehzoli kulib.

U xatosiz chizilgan qoshini koʻtardi.
- Shunday qilmasligim kerakmidi?

Yelkamni qisdim. - Har kimning yo‘li o‘ziga. Kompaniyam to‘rt milliardlik. Bu siz uchun yetarlimi?

Ikkinchi qoida: shunchalik jerk bo‘lki, ularning o‘zi xulosa chiqarib qochsin.

- Sizdan yaxshiroqlarini ko‘rganman, lekin yaroqli, - dedi u sovuqqina.

Men jim qoldim. Bu ayol nega bunchalik bepisand? Billionerlar bilan uchrashuvga tez-tez boradimi? Lekin ularning birortasiga yopishib olmaganini hisobga olsam, u menga o‘yin o‘ynamoqchi.

Soatimga qaradim. Ikki bo‘ldi. Ofisga qaytishim kerak.

-To‘g‘risini aytsam, - dedim ofitsiant yonimizga kelganda uni qo‘yib yuborib, - men farzandli boʻlishga ham, oila qurishga ham qiziqmayman. Bunday narsani sizga bera olmayman.

Liora koʻzlarini pirpiratdi. . .

Bir,

Ikki marta.

- Men. . . nima? - dedi nihoyat.

- Men munosabat qurmayman. Onam sizni bu yerga majburlagan bo‘lsa, uzr. Sizning vaqtingizni bekorga olgan.

U orqaga suyanib, jilmaydi. Keyin kulib yubordi. Yengil, musiqiy. Bu kulgu esa nafratimdan ham ko‘ra qattiqroq ta’sir qildi xuddi yuragimni teshgandek. Balki u ham munosabat qurishni istamas?

Men tomoq qirib, qo‘shib qo‘ydim:

- Lekin agar yaxshi vaqt o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz…

- Janob Jeon, - dedi u sovuq va keskin ohangda. - Siz nimani o‘ylayapsiz bilmadim, lekin men bu yerga uchrashuv uchun emasman. Sizning kompaniyangiz rebrending bo‘yicha men bilan hamkorlik qilishni uchun shu yerdaman. Men Sharqiy Sohildagi eng yirik marketing firmasining bosh direktoriman. Men sizning 'prospekt'ingiz emasman. Sizning pullaringiz menga kerak emas. Umuman qiziq emas.

Men qotib qoldim. Bu qanday qilib chalkashib ketdi? Men rejalarimni daqiqa bo‘yicha yuritaman, hech qachon xato qilmayman. Margo – yordamchim – bu uchrashuv ertaga deb aytmaganmidimi?

U esa davom etdi:

- Aslida, men hozir chiqib ketishim va sizning kompaniyangizni butunlay unutishim mumkin. Lekin, to‘g‘risi, sizning pulingizdan baribir foydalanmoqchiman. Chunki siz bu yerda juda ko‘p chiziqni buzib o‘tdingiz. Demak, biz biznes hamkorimiz, to‘g‘rimi? Yoki Stone Media Entertainment’ning sizga qanday foyda keltirishini izohlashim kerakmi?
Men jim boʻlib qoldim.
Hech qanday aytadigan so‘zim yo‘q edi.

Faqat uning mukammal parvarishlangan tirnoqlari bilan stol ustida kompsniya ksrtasini surib qo‘yishini tomosha qildim.

- Siz bilan yana koʻrishamiz, -dedi u shirin jilmayib