June 16, 2025

Once You are Mine...

Yaqindagina Jullie 19 yoshni warshi oldi. Bu esa endi mustaqil boʻlishining belgisi edi. Bu kunidan boshlab hayoti abadiy o‘zgardi. Oʻzi uchun bolaligidan buyon orzu qilib kelgan ishga kirdi.

Ishga yangi kirgan kuni, ofisdan chiqayotib, qora furgon uni tortib ketdi. Qo‘llari orqasiga bog‘landi, ko‘zlari qora mato bilan bogʻlandi, og‘zi esa mato bilan qoplandi.

Uning hayoti — o‘sha zahotiyoq, o‘ziga tegishli bo‘lmay qoldi.

U hushiga kelganda, xona qorong‘i, sovuq va begona edi. Atrofda erkaklar ovozi:
-“Yangi tovar,” dedi kimdir.

Uning qaltirashi boshlandi. Qo‘rquv. Tananing titrashi. Ijrochilarning shafqatsiz kulgusi.

- “U chiroyli ekan. Qimmatga ketadi.”

Jullie titrarkan, yuragida faqat bitta so‘z urar edi: yashagin… iltimos, yashagin.

Ular Jullie ni stulga oʻtirgizishdi va sotib oluvchilar uchun suratga olishni boshlashdi.

To‘satdan eshik tepildi. Avtomat tovushi. Qichqiriqlar. Qon. Chang. Qon. Qadam tovushlari. Qora etiklar. Va qorong‘ilik ichida boʻylari uzun va qora kostyumli erkak kirib keldi. Uning kostyumni ikkita tugmagacha ochilgan, koʻksidagi tatirovka koʻzga tashlanib turardi. Sochlari toʻzgʻib ketgan boʻlsa ham bu uning koʻrinishiga koʻrk qoʻshib turibdi.
Jungkook.

Tattoo yoq ekan, mazur tutasiz

Bir soniyada hamma jim bo‘ldi. Qonli ko‘zlar, muvozanatli ohangda aytilgan:
— Bu qiz kimga kim?

-“U meniki! Unga tegma!” degan odamning boshiga to‘pponcha tegdi. Tetik bosilmay turib ham, hammaga ma’lum edi, ular bugun omon qolishmaydi. Ammo Julliega bu... ozodlik bo‘lib ko‘ringandi. Lekin bu faqat boshlanish edi.

Jungkook Jullieni olib ketdi. Uni mashinada orqasiga o‘tqazib, hech nima demadi. Faqat oynadan tashqariga qaradi. Ammo yuragi urardi. Bu qizda nimadir bor edi. Nima — o‘zi ham tushunmasdi.

Keyingi kun u Jullieni villadagi eng baland qavatdagi xonaga joylashtirdi. Derazalar panjarali. Eshik qulf. Internet yo‘q. Jullie so‘radi:
— Siz... meni nima qilmoqchisiz?

U sekin, yengil, sovuq tabassum bilan:
— Endi sen menikisan. Yaxshi qiz boʻlib shu yerda qol.

Dastlab, Jullie qarshilik ko‘rsatdi. Qichqirdi, yig‘ladi. Ammo Jungkook hech nimaga parvo qilmasdi. U uni istardi. Har kuni. Har tun.

Obsession — bu mehr emasdi. Bu qiynoq edi. U Julliega sevgi bermadi. Faqat nazorat, faqat kuch, faqat o‘ziniki qilish hissi.

Jullie asta-sekin zaiflashdi. Tana qarshilikdan charchadi. Ko‘zlarida hayot so‘nayotgan edi. Har safar Jungkook yondashganida, u ichida “iltimos, bugun emas” deb o‘zini tiyardi.

Lekin Jungkook... u o‘zgarayotgan edi. Julliesiz bo‘la olmasdi. Xizmatkorlar bilan ko‘rishga ham jiday olmas edi. Agar biror kishi Julliega bir soniya ortiqcha qarasa, o‘sha kuni u odam yo‘qolib ketardi.

— Sen faqat meniki! Menga qaragin! Meni his qil! — deb qichqirardi Jungkook Jullie ni qistovga olib.

Ammo Jullie endi ko‘zlarini olib qochardi. U nafratlanardi. Bu sevgi emasdi. Bu qiynoqqa aylangan sevgining soyasi edi.

Bir kuni Jungkook mehmonlikdan qaytdi. Qollarida shirinliklar. Sevimli "Strawberry Choux" pishiriqlari, guldasta. Yuragi ilk bora yumshagan edi. U kechirim so‘ramoqchi edi. Chunki kechagi ishidan adsusladi... u... uni chin dildan sevib qolgan edi.

Jungkook mashinasini parkovkaga qoʻyib Jullie ning xonasi tomon yoʻl oldi. Ammo xona bo‘sh edi.

U balkonga yugurdi.

— JULLIE! — qichqirdi u.

Jullie panjaraga chiqib olgandi, titrab, lekin hozirgacha eng tiniq so‘zini aytdi:

— Men seni hech qachon sevmaganman. Bu sevgi emas. Bu faqat og‘riq. Men boshqa chiday olmayman!

Jungkook balkon tomon yugurdi. Lekin yetib bormadi. U faqat bir soniya kech qoldi. Bir soniya...

Jullie uchib tushdi. U osmonga qarab so‘nggi marta ko‘z yumdi. Va u jim bo‘ldi.

Jungkook yugurib borib Jullie ning yoniga tiz choʻkdi. Qon ketayotgan Jullie ning boshiga qo‘llari bilan bosdi, uning jonsiz tanasini bagʻriga bosib, bor kuchi bilan baqirdi.

— Men seni asray olmadim... men seni yo‘q qildim... men... men seni sevgan edim… Kechir Jullie! Seni sevaman...

Ammo bu so‘zlar endi kech edi.
Jullie endi yo‘q edi. Va u hech qachon bilmaydi. Jungkook esa oʻsha tun olib kelgan gultastani hech qachon tashlab yubormadi. Bu uning sevgisidan butun umrlik estalik edi...

Naelora Vize.