ERKIN,YUNON-RUM VA AYOLLAR KURASHI BO‘YICHA O‘ZBEKISTON CHEMPIONATIGA START BERILDI

Joriy yilning 10-15 noyabr kunlari Erkin kurash,Yunon-Rum va Ayollar kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘ZBEKISTON CHEMPIONATIga Navoiy shahri mezbonlik qilmoqda. Bugun 11 noyabr kuni nufuzli chempionatga start berildi va uning ochilish marosimi Navoiy shahridagi "Sport saroyi"da bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga jami 500 nafar ishtirokchilar va shundan 120 nafar ayollar ishtirok uchun yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurishdi. Musobaqada kurashchilar musobaqada quyidagi vazn toifalari bo‘yicha bellashishadi:
-Erkin kura:57,61,65,70,74,79,86,92,97,125
kg
-Yunon-Rum kurashi:
55,60,63,67,72,77,82,87,97,130
kg
-Ayollar kurashi:
50,53,55,57,59,62,65,68,72,76 kg
Yuqoridagi vaznlar bo‘yicha kurashchilar musobaqa programmasi asosida o‘yinlarni olib borishadi.
Musobaqa joriy yilning 15 noyabr kunlariga qadar davom etadi.
👉Rasmiy telegram kanal https://t.me/navoisport