September 20, 2019

Voleybol bo'yicha "Hokim kubogi" ga start berildi

Qaynoq yangiliklarni sizga ilingan holda quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Joriy yilning 20 sentabr kuni ya'ni bugun Navoiy shahridagi 7-umumta'lim maktabining sport zalida viloyatdagi barcha tashkilot va korxonalardagi ayol xodimlar o'rtasida sportning voleybol turidan "Hokim kubogi" musobaqasiga start berildi. Ushbu nufuzli sport bayramiga viloyatdagi korxonalardan jami 88 ta jamoa va 1232 nafar ishtirokchilar qatnashish uchun tashrif buyurishdi.Ushbu keng qamrovli musobaqa "A" "B""C""D" guruhlarga bo'lingan holda 20 tur doirasida o'yinlar olib borishadi. O'yinlar 2020 yilning 1 fevral kuniga qadar davom etadi. Bugun ochilish marosimidan keyin Viloyat Statistika Boshqarmasi hamda Navoiy shahar 7 MTM tashkilotlaridan kelgan jamoalar o'yinlarni boshlab berishdi.Barcha o'yinlar grafik asosida tizimli amalga oshiriladi. O'yinlar tafsiloti haqida kanalimizda yoritib boramiz.Bizni kuzatishda davom eting

NAVOIY VILOYATI JISMONIY TARBIYA VA SPORT BOSHQARMASI MATBUOT XIZMATI