January 20

Adliya aralashuvi bilan 8 nafar shifokorga 77 million so'mdan ortiq pul mablag‘i to‘lab berildi.

Navbahor tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh xodimlarining Qonunchilikda belgilangan yosh salohiyatli shifokorlar uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan maxsus ustama to‘lovlarini undirishda amaliy yordam berish to‘g‘risidagi murojaatlari ish yurituviga qabul qilingan.

O‘rganish davomida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 8 nafar xodimga bir yil davomida maxsus oylik ustama to‘lanmasdan kelinganligi aniqlangan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi 136-son “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 2-bandida 2022-yil 1-iyundan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) shakllantirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining umumiy hajmiga nisbatan miqdorlarda belgilanishi, bunda yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar to‘lab berilishi belgilangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qabul qilingan.

Mazkur Qo‘shma qaror ya’ni Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 30-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 35-2022/qq-son va Moliya vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 71-son (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-yanvarda 3416-son ro‘yxatdan o‘tkazilgan) qaroriga bilan tasdiqlangan “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi” Nizomning
8-bandiga muvofiq, tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag‘batlantirishning turlari belgilangan bo‘lib, yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga
1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar qo‘llanilishi belgilangan.

Ushbu Nizomning 13-bandiga binoan, maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq yangi ish boshlagan tibbiy oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga (keyingi o‘rinlarda salohiyatli yosh shifokorlar deb yuritiladi) ishga qabul qilingan kundan boshlab, oylik ish haqi to‘lovlariga maxsus oylik ustamalar qo‘shimcha tarzda belgilanishi, 14-bandida salohiyatli yosh shifokorlar uchun 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar ularning birinchi uch yillik mehnat faoliyati uchun belgilanishi nazarda tutilgan.

Yuqoridagilarga asosan salohiyatli yosh shifokorlar manfaatida javobgar tuman tibbiyot birlashmasiga nisbatan maxsus oylik ustamalarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudiga da’vo arizalar kiritildi hamda sudning hal qiluv qarori bilan 8 nafar shifokorga 77 million so‘mdan ortiq mablag‘lar undirilishi ta’minlandi.

Navbahor tuman adliya bo'limi...