February 16

🏠 Adliya bo'limlari tomonidan “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi o‘tkazilmoqda.

✅ Mazkur huquqiy oylik doirasida fuqarolar va mahalla yettiligiga mulk huquqi hamda uning kafolatlari bo’yicha huquqiy tushuntirish ishlari amalaga oshirilib, sohaga oid 200 dan ortiq targ’ibot materiallari tarqatildi.

✅ Huquqiy oylikning maqsadi quyidagilardan iborat:

🔹 ommaviy sayyor qabullar tashkil etiladi;
🔹 mahallalarda, mehnat jamoalarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnomalar tashkil etish;
🔹 kadastr organlari tomonidan Qonunga zid ravishda qo‘llanilgan ma’muriy jazo choralarini bekor qilishga ko‘maklashish;
🔹 auksion orqali realizatsiya qilingan yer uchastkalari bo’yicha yuzaga keladigan nizolarni hal etish;
🔹 fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, ularga amaliy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

Huquqiy oylik 22-fevral sanasiga qadar davom etadi.

☄️Bo'lib o'tgan navbatdagi sayyor qabullar:

Nurota tuman "Bo‘diq"  hamda "Saidato" MFY

Zarafshon shahrida "Geolog" MFY

Qiziltepa tuman "Vang'ozi" va "Toshmachit" MFY

Xatirchi tuman "Fidokor" hamda "Bunyodkor" MFY

Navoiy shahar "Turon" MFY

G’ozg’on shahar "Guliston" MFY

Karmana tuman "Varq" hamda "Yangi varq" MFY