Yashirin iqtisodiyot
🔹 Ma’lumki, yashirin iqtisodiyot iqtisodiyotning kuzatilmaydigan yoki yashiriladigan, noqonuniy asosga ega tarkibiy qismidir. Yashirin iqtisodiyot faoliyat – qonunlar, tartiblarni chetlab o‘tgan holda soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lamasdan, noqonuniy foyda olishga yoki foydani oshirishga yo‘naltirilgan harakatlar majmuasidir. Yashirin iqtisodiyot jamiyatda davlat boshqaruvi shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylangan. Yashirin iqtisodiyotning rivojlanishi miqyoslari har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi ijtimoiy-iqtisodiy holatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish xususiyatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun har bir mamlakat iqtisodiyotida yashirin iqtisodiyotning o‘rni va roli ham turlichadir.
📍 Yashirin iqtisodiyot bu iqtisodiy faoliyatni jamiyatdan yashirish va davlat tomonidan nazorat hamda hisoboti yuritilishi olib borilmasligini, shu bilan birga iqtisodiyotning kuzatib bo‘lmas va norasmiy qismidir. Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, yashirin iqtisodiyot mavjud qonun va jamiyat qoidalarini chetlab o‘tuvchi jamiyatdagi fuqarolarning iqtisodiy aloqalari bo’lib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi.
❇️ Shunga ko'ra, Uchquduq tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan yashirin iqtisodiyot va “konvert” shaklida ish haqi berishning salbiy oqibatlari yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🔰 Tadbir davomida ishtirokchilarga “konvert”da maosh olish — soliqlardan qochish bilan birga, ishchining mehnat huquqlari, ijtimoiy kafolatlari va pensiya jamg‘armasiga zarar yetkazishi haqida batafsil tushuntirildi.