March 13

Nizoli oilalar bilan o'tkazilgan uchrashuvlar jarayoni...

🟣Uchquduq tuman adliya bo'limi, tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda boshqa tashkilotlarning mas'ullari hamkorligida tumandagi "Mustaqillik" MFY da joriy yilning 13-mart (juma) kuni tuman adliya bo'limiga biriktirilgan Ijtimoiy profilaktika doirasida nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbirlari bo'lib o'tdi.
🟣Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.
🟣Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan oilalardagi kelishmovchiliklarning sabablari o‘rganilib, ularni bartaraf etish, oilani saqlab qolish bo‘yicha huquqiy, psixologik va ijtimoiy tavsiyalar berildi.