HUQUQIY AKSIYA
📣 Adliya vazirining buyrug‘iga muvofiq 2026-yil 12-martdan 12-aprelga qadar "Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" huquqiy aksiyasi o‘tkazilishi korsatilgan.
🔷️ Nurota, Navbahor tumanlari, shuningdek Navoiy, Zarafshon hamda G'ozg'on shahar adliya hamda tuman va shahar oila va xotin-qizlar bo‘limlari mas‘ullari bilan hamkorlikda mahallardagi aholi o‘rtasida "Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" nomi ostida sayyor qabul va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
🔷️Xotin-qizlarlarni qiynab keladigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
🔷️Shuningdek, “Xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar" to‘g‘risida tarqatma materiallar tarqatildi.
📢 Barcha xotin-qizlarni huquqiy aksiya tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlamiz.
Nurota tuman "Bo‘ston" va "Avazsoy" mahallalari
Navbahor tuman 2-sonli MTT va 3-sonli maktab
Navoiy shahar "Yangiobod" va "Yangihayot" mahallalari
Zarafshon shahar adliya bo'limi