Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etish kimlarga nisbatan qo`llanilmaydi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-son qaroriga ko`ra: Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etish qo`ydagi shaxslarga nisbatan qo`llanilmaydi:
bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);
ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (ta’limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslarga;
2024 yil 16 avgustga qadar ariza taqdim etgan arizachi yoki oila a’zolari nomiga rasmiylashtirilgan tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan faqat bitta oila a’zosiga;
18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda otasiga), oila a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga;
chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolariga;
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan a’zolariga;
oilaning chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan a’zolariga;
bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;
rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan «Temir daftar» ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan, ushbu bo‘lim tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga;
to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga nisbatan. Bunda 2024 yil 16 maydan boshlab taqdim etilgan arizalar bo‘yicha arizachi yoki oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron oila a’zosi bo‘lganda ushbu qoida qo‘llaniladi;
ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turgan oila a’zolariga nisbatan;
m) 2024 yil 16 iyuldan boshlab ariza taqdim etgan ariza beruvchi yoki uning oila a’zolari faqat Soliq qo‘mitasining fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestri ma’lumotlarida ish haqi to‘g‘risida ma’lumotlari mavjud, biroq uning mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalari «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turmaganda.