January 6, 2024
Bola parvarishi ta’tilida bo‘lgan davr pensiyaga chiqishda ish stajiga qo‘shib hisoblanadimi?
O‘zbekiston Respublikasi mexnat kodeksining 405-moddasining 5-qismiga ko‘ra, Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.