October 25, 2021

Janob Rasul - Sog'iningmi

Xasta yurak isming aytsa sog’inaman,
Bu dardimga qaydan topay davoni man?
Kelgin jonim, bir soniya ko’rayin man,
Axir seni juda qattiq sog’inganman. (x2)

Sog’indingmi, jonim, sog’indingmi?
Bir tun seni yonimda ko’rsaydim man.
Sog’indingmi, jonim, sog’indingmi?
Bir ko’rsamu, roziman – o’lsaydim man. (x2)

Tushlarimda ko’rib seni sog’inaman,
Go’yoki bir poyoni yo’q sahrodaman.
Ishqdan kuygan dili vayron, bechoraman,
O’ylab-o’ylab, jonim, seni sog’inaman.

Tushlarimda ko’rib seni sog’inaman,
Go’yoki bir poyoni yo’q sahrodaman.
Ishqdan kuygan dili vayron, bechoraman,
O’ylab-o’ylab, seni jonim sog’inaman.

Sog’indingmi, jonim, sog’indingmi?
Bir tun seni yonimda ko’rsaydim man.
Sog’indingmi, jonim, sog’indingmi?
Bir ko’rsamu, roziman – o’lsaydim man. (x2)