June 26

I love you Sony (6-qism)

Seni sevaman.....)

Ertasi kuni.

Sony tun bo'yi deyarli uxlay olmadi. Jungkookning aytgan so'zlari qulog'ida jaranglab turardi.

"Bu o'yin hali boshlanmadi..."

U oynaga qaradi. Ko'zlari ostida sezilarli charchoq paydo bo'lgan edi.

Shu payt unga SMS kelgan edi.
Taehyung:
"Soat uchda seni olib ketaman. Bugun hammasini hal qilamiz."

Sony xabarga bir necha soniya tikilib turdi.

Sony:
"Yaxshi."

Faqat bitta so'z.

Ammo shu bitta so'zning ortida minglab hissiyot yashiringan edi.


Soat uchga yaqin qora avtomobil uyi oldida to'xtadi.

Taehyung odatdagidek mashinadan tushib, unga eshikni ochdi.

— Yaxshi dam oldingmi?

Sony kulimsirashga urindi.

— Unchalik emas.

Taehyung uning yuziga bir necha soniya tikildi.

— Men ham.

Mashina harakatlana boshladi.

Bir necha daqiqalik sukunatdan keyin Taehyung gap boshladi.

— Sony.

— Eshitaman.

— Kecha seni shunday holatda ko'rganimdan keyin bir narsani tushundim.

Sony unga qaradi.

— Men endi kutolmayman. Men baxti boʻlishimizni hohlayman har birimizning....

— Seni yo'qotish xavfini yoʻq qilmoqchiman dedi sokin ammo yetarlicha dadil ohangda

Sony yuragi tez ura boshlaganini his qildi.

— Men bu nikohni faqat oilalarimiz istagani uchun davom ettirmayapman.

U chuqur nafas oldi.

— Men seni chin dildan sevaman.

Sony javob berishga ulgurmay, Taehyung davom etdi.

— Javob berishga shoshilma. Men seni majburlamayman. Faqat bir narsani bilishingni xohlayman... Men yoningda qolaman. Sen meni tanlaysanmi yoki yo'qmi, seni himoya qilishdan voz kechmayman.

Sony ko'zlarini yumdi.
Uning yuragi ilk bor bunchalik tinch urayotgandek edi.

— Taehyung...

— Ha?

— Balki... men ham his-tuyg'ularimni endigina tushunayotgandirman.

Taehyungning lablarida samimiy tabassum paydo bo'ldi.

—unda kechqurun ota-onalarimiz uchrashuv belgilab qoʻyganidan habaring boʻlsa kerak .

—Ha habarim bor ammo bu chindan ham biroz tez boʻlyapti dedi qiz

—Sonyyyy...... yigit qizni ismini yoqimli qilib chizib aytdi va unga begʻubor qarash qildi..

Kechgi vaqt


Ziyofat shahar markazidagi eng hashamatli va nufuzli restoranlardan birining maxsus VIP zalida bo‘lib o‘tdi. Derazadan poytaxtning tungi chiroqlari xuddi sochib yuborilgan olmoslardek yaltirab ko‘rinardi.

Sony uzun, qora ipak libosda, Taehyung esa unga mos ravishda qora klassik kostyumda edi. Tashqaridan qaraganda, ular dunyodagi eng baxtli va mukammal juftlikdek ko‘rinishardi. Ammo dasturxon atrofida o‘tirgan olti kishining har birining o‘z o‘y-xayollari bor edi.

Taehyungning otasi, janob Kim, viqor bilan qadahini ko‘tardi:
— Bu oqshom biz uchun juda qadrli. Ikki buyuk oilaning birlashishi nafaqat biznesda, balki hayotda ham yangi sahifa ochadi. Sony, qizim, sening bizning oilamizga kirib kelishingdan juda xursandmiz.

Sony muloyimlik bilan jilmaydi, lekin uning stoli ostidagi qo‘llari titrayotganini faqat yonida o‘tirgan Taehyung his qilib turardi. Taehyung sekin uning qo‘lini tutdi va barmoqlarini mahkam qisib, unga kuch bermoqchi bo‘ldi.

— Rahmat, janob Kim, — dedi Sonyning otasi, o‘zining qat’iy ovozi bilan. — Biz ham Taehyungdek mard va aqlli yigitga qizimizni ishonib topshirayotganimizdan xotirjammiz. To‘yni cho‘zib o‘tirmasligimiz kerak, deb o‘ylayman.

— To‘g‘ri aytdingiz, — dedi Taehyungning onasi quvnoqlik bilan. — Biz allaqachon sanani belgilab qo‘ydik. Kelasi oyning o‘n beshinchisi. Tayyorgarliklar allaqachon boshlangan.

"Kelasi oy..." — bu so‘z Sonyning miyasida aks-sado berdi. Bu sana Sony uchun huddiki kutilyapkan qamoqdek tuyulib ketdi

— Kelasi oy biroz erta emasmi? — Sonyning ovozi kutilmaganda biroz qaltirab chiqdi. Hamma unga hayron bo‘lib qaradi.

Taehyung vaziyatni darhol qo‘lga oldi. U Sonyga mehr bilan qarab, ota-onalariga yuzlandi:
— Onajon, dadajon... Sony shunchaki hayajonlanyapti. Biz uchun har qanday sana ma’qul, chunki men har bir soniyani u bilan o‘tkazishni xohlayman. To‘g‘rimi, azizam?

Taehyungning bu gaplari ota-onalarni kulishga va vaziyatning yumshashiga sabab bo‘ldi. Sony uning ko‘zlaridagi o‘sha sevgi va himoyani ko‘rdi. Taehyung haqiqatan ham uni bu o‘yinlardan olib chiqib ketishga tayyor edi.

Ziyofat davomida ota-onalar to‘y tafsilotlari, taklifnomalar va asal oyi haqida qizg‘in bahslashishdi.

Ziyofatdagi Sony va Taehyungning koʻrinishi

Sony esa suhbatga deyarli qo‘shilmadi. U qo‘lidagi qadahni sekin aylantirar, ota-onalarning quvonch bilan tuzayotgan rejalarini eshitarkan, yuragidagi g‘alati og‘irlikni yashirishga urinardi.
Taehyung buni sezdi.
U stol ostida Sonyning qo‘lini yana sekin siqdi.

— Hammasi joyidami? — deb pichirladi u faqat Sony eshita oladigan ovozda.

Sony unga qisqagina bosh irg‘adi.
— Ha... shunchaki biroz charchadim.

Taehyung uning javobiga to‘liq ishonmadi, ammo bu haqda hozir gapirishni istamadi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, ofitsiant Taehyungga yaqinlashdi.

— Janob Kim, sizni bir daqiqaga tashqarida kutishyapti.
Taehyung qoshlarini chimirdi.
— Kim ekan?
— Ismini aytmadi. Faqat juda muhimligini aytdi.
Taehyung ota-onalariga uzr so‘rab, o‘rnidan turdi.

— Men hozir qaytaman.


VIP zal tashqarisidagi yo‘lak jimjit edi.
Taehyung atrofga nazar tashladi.

— Kim meni qidirayotgan edi?

Hech kim javob bermadi.

Birdan orqasidan tanish ovoz eshitildi.

— To‘y bilan tabriklayman.

Taehyung asta ortiga burildi.

Jungkook devorga suyangancha turardi. Qora kiyimda, qo‘llari cho‘ntagida, yuzida esa istehzoli tabassum bor edi.

— Nima kerak senga? Taening jagʻi qisilib sovuqqina soʻradi

Jungkook kulimsiradi.

— Men faqat bitta narsani ko‘rgani keldim.

— Nimani?

— Sony haqiqatan ham baxtlimi yoki yo‘qmi.

Taehyung unga yaqinlashdi.

— Uning yonidan uzoq yur.

— Shunchalik ishonching komilmi? — Jungkook sekin kuldi. — Sen uning qo‘lini ushlab yurishing mumkin... ammo qalbini ham ushlab turganingga aminmisan?

Taehyungning asablari taranglashdi.

— Men seni oxirgi marta ogohlantiryapman.Yoʻqol va qaytib qorangni koʻrsatma....

— Ogohlantirishlar menga ta'sir qilmaydi.

Bir lahza ikkalasi ham sukut saqladi.
So‘ng Jungkook cho‘ntagidan kichkina oq konvert chiqardi.

— Buni Sonyga ber.

Taehyung konvertga qaramadi ham
Jungkook konvertni uning qo‘liga tutqazib, ortiga burildi.

Bu albatta Sony un dil izhori boʻlgan xat edi Tae uni chiqindi qutisiga tashladi....

Davomi bor ......)

Ularning ikkisi huddi ikki olamdek huddi ular oq va qora yaxshi va yomon kuchlarga oʻxshardi ammo yagona oʻxshashlik esa oʻsha ojiz sanalgan sof sevgi edi....