June 28

🔥ARSON 🔥 4-qism

U hech qachon ushlab boʻlmaydigan olov boʻlsa men hech qachon oʻchirib boʻlmaydigan olov edim


Y/N dugonalari bilan vaqt o‘tkazib, xaridlar qilib qaytgach, uyda uni kutilmagan vaziyat kutib turgan edi. Uyning mehmonxonasida ota-onasi notanish, lekin juda serhasham kiyingan er-xotin bilan qizg‘in suhbatlashib o‘tirishardi. Y/N ichkariga kirishi bilan barcha nigohlar unga qaratildi.

— "Keldingmi, qizim? Mana, tanishib qo‘y. Bular janob va xonim Kimlar, bizning uzoq yillik biznes hamkorlarimiz va endilikda yaqin do‘stlarimiz," — dedi Y/N ning otasi xushmuomalalik bilan.

Y/N ularga yaqinlashib, odob yuzasidan ta’zim qildi. Ammo xonadagi atmosferani ko‘rib, uning ko‘zlari kattalashib ketdi. Mehmonlar orasida, o‘zining odatiy sovuqqon va mag‘rur qiyofasi bilan Seokjin ham o‘tirgan edi. U qizga qarab, go‘yo maktabdagi voqealar hech qachon bo‘lmagandek, muloyim jilmayib qo‘ydi.

— "Y/N, janob Kimning o‘g‘li Seokjin oʻqituvching ekan? U senga darslarda ko‘maklashib turar ekan, bu bizni juda quvontirdi," — dedi Seokjinning onasi, o‘g‘lining yonida o‘tirib.

Y/N ning tomog‘iga bir narsa tiqilgandek bo‘ldi. U Seokjinning nigohlarini his qilar, yigit esa o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutib, Y/N ga tikilib turardi.

— "Ha, shunday... Janob Kim juda 'talabchan' ustoz," — dedi Y/N , Seokjinning ko‘zlariga tik qaragancha.

Seokjin stakandagi ichimligidan bir ho‘plab, qizga yengilgina imo qildi.

— "Ota-onalarimiz do‘stligi bizni yanada yaqinlashtirishi shubhasiz, shunday emasmi, Y/N?" — dedi u, ovozidagi yashirin kinoya bilan

Ota-onalar dasturxon atrofiga edi. Mehmonxonadagi atmosfera rasmiy va ayni paytda do‘stona edi. Ikki oila o‘rtasidagi suhbat asosan biznes loyihalari va kelajakdagi hamkorlik rejalari atrofida aylandi. Y/N o‘zini juda noqulay his qilar, Seokjinning qarshisida o‘tirib, uning har bir harakatini kuzatishga majbur edi.

— "Seokjin har doim o‘z mas’uliyatini yaxshi bilgan," — dedi janob Kim (Seokjinning otasi) g‘urur bilan. — "Uning maktabda dars berishga qaror qilgani bizni hayron qoldirgan edi, lekin u yoshlarga ta’lim berishni xohladi."

Y/N ning otasi mamnuniyat bilan bosh silkidi:
— "Bu juda olijanob ish. To‘g‘risini aytsam, Y/N ning o‘qishga bo‘lgan munosabati bizni biroz xavotirga solayotgan edi. Uning tartib-intizomi ustida ishlash kerak."

Seokjin bu so‘zlarni eshitib, qo‘lidagi qadahni sekin stolga qo‘ydi va Y/N ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tikildi.

— "Xavotir olmang, janob. Y/N juda iqtidorli, faqat unga biroz qattiqqo‘llik va alohida e’tibor kerak," — dedi Seokjin xotirjam ovozda. — "Biz allaqachon maktabda bu borada ish boshlaganmiz. Men uning 'darslarini' uyda ham davom ettirishga tayyorman."

Ota-onalar bu taklifdan xursand bo‘lib ketishdi.
— "Bu ajoyib g‘oya! Agar malol kelmasa, haftada bir necha marta Y/N bilan shug‘ullansangiz, biz juda minnatdor bo‘lardik," — dedi Y/N ning onasi.

Y/N g‘azabdan lablarini tishladi, lekin ota-onasi oldida hech narsa deya olmadi. Seokjin esa g‘olibona nigoh bilan unga qarab qo‘ydi.

Kechki ovqat yakunlanib, mehmonlar kuzatib qo‘yilayotganda, Seokjin bir lahzaga Y/N ning yonida to‘xtadi. Ota-onalar biroz narida suhbatlashayotgan edi.

— "Ertaga darsdan keyin kelaman, Y/N," — deb pichirladi u qizning qulog‘iga.

.

Y/N unga asabiy qaradi.koʻzida nafrat uchqunlari bor edi.

— "Nima qilmoqchisiz o‘zi? Nega ota-onamning ishonchiga kirib oldingiz?"

Seokjin unga yaqinlashdi. Har bir qadami vazmin va xotirjam edi. U qizga shunchalik yaqin keldiki, Y/N uning qimmatbaho atiri va sovuq nafasini his qila boshladi. Qiz beixtiyor bir qadam orqaga chekindi, lekin orqasi devorga tegib, qochishga yo‘l qolmadi.

— "Ishonch?" — Seokjin bir qo‘lini devorga, qizning boshi yoniga qo‘yib, unga pastdan yuqoriga qaradi. — "Men shunchaki ularga yordam taklif qildim, xolos. Sen esa bunga muhtojsan, Y/N. Ayniqsa, darslardan keyin qayerlarda yurishingni va kimlar bilan vaqt o‘tkazishingni hisobga olsak..."

— "Siz... siz meni kuzatyapsizmi?"

Seokjin javob berish o‘rniga, uning yuziga tushib turgan bir tutam sochni barmog‘i bilan sekin qulog‘i ortiga o‘tkazdi.

— Yo‘q, bu shunchaki nazorat," — dedi u past ovozda, qizning ko‘zlariga tik qarab. — "Endi sen mening ko‘z o‘ngimda bo‘lasan. Ham maktabda, ham uyda.

Ular o‘rtasidagi masofa deyarli yo‘qolgan edi. Seokjinning nigohi esa uning lablariga, so‘ng qayta ko‘zlariga ko‘chdi. Shu payt tashqaridan ota-onalarning qaytayotgan ovozi eshitildi.

Seokjin birdan jilmayib, qizdan uzoqlashdi va yana o‘sha odobli, "namunali" yigit qiyofasiga kirdi.

— "Ertagacha, Y/N. Kechasi yaxshi dam ol," — dedi u baland ovozda, ota-onasi kirib kelishi bilan.

—lanati bez...yaramas.... ortidan mingʻirlab qoldi qiz

Ertasi kuni maktabga kelganida, hamma joyda faqat bir narsa — yaqinlashib kelayotgan "" (Bpartner) haqida gapirilardi. Maktab yo‘laklari rang-barang e’lonlar bilan to‘lib ketgan, o‘quvchilar hayajon bilan o‘zlariga sherik tanlashga kirishgan edi.

Y/N yo‘lakda ketayotganida, qarshisidan maktabning eng kelishgan va biroz "erka" yigiti Jungkook chiqib qoldi.

Jk

— "Y/N! To‘xta!" — Jungkook tabassum bilan unga yaqinlashdi. — "Eshitgan bo‘lsang kerak, party yaqinlashmoqda. Hali sherik topmadingmi?"

Y/N ataylab atrofga alangladi. Seokjin biroz narida, boshqa o‘qituvchilar bilan gaplashib tursa-da, uning nigohi aynan shu tomonga qaratilganini his qildi.

— "Yo‘q, hali topmadim, Jungkook," — dedi Y/N ovozini biroz balandroq chiqarib.

— "Unda nima deysan? Men bilan borasanmi? Birgalikda kechaning 'qirol va qirolichasi' bo‘lishimiz mumkin," — Jungkook hazillashib ta’zim qildi.

Y/N bir lahza ikkilanib, Seokjinning tomonga qaradi. Seokjinning nigohi hozirgina sovuq edi. U qo‘lidagi hujjatlarni shunchalik qattiq ushlab turardiki, barmoq bo‘g‘inlari oqarib ketgandi. Bu nigoh Y/N ga "buni qila ko‘rma" degandek tahdid qilardi.

Aynan shu nigoh Y/N ga qo‘shimcha kuch berdi. U Jungkookga qarab jilmaydi.

— "Jonim bilan, Jungkook! Men rozi man,"

Jungkook xursand bo‘lib, qizning yelkasidan quchdi:
— "Ajoyib! Demak, kelishdik. Ertaga kiyimlar borasida gaplashib olamiz."

Seokjinning nigohlari xuddi sovuq po‘latdek qizning yuzini kesib o‘tdi. U indamay, biroq g‘azabini yashira olmay, sekin qadamlar bilan Y/N tomon yaqinlasha boshladi.

Seokjin Y/N ning yoniga yetib kelganida, shunchalik yaqin to‘xtadiki, qiz uning nafasini va o‘zini jilovlash uchun ko‘rsatayotgan zo‘riqishini aniq his qildi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jungkookga qaradi, biroq gaplari aynan Y/N uchun edi:

— "Jungkook, kechirasan, lekin Y/N bilan biroz gaplashib olishim kerak.

Jungkook hayron bo‘lib, Y/N ga qaradi

—"Hechqisi yo‘q, keyinroq gaplashib olamiz janob Kim, to‘g‘rimi?

Lekin Seokjinning qo‘li uning yelkasiga sekin qo‘yildi — bu tashqaridan qaragan odamga "g‘amxo‘r o‘qituvchi"dek ko‘rinsa-da, aslida qizga qilingan qattiq bosim edi. Uning barmoqlari qizning yelkasini qisib qo‘ydi.

—Yur, Y/N. Xonamga kirib, party haqidagi rejalaringni birma-bir muhokama qilib olamiz,\" — dedi Seokjin shivirlab, uning qulog‘iga yaqinlashib. — Ayniqsa, kim bilan qayerga borishingni... bu juda qiziq mavzu."

Yn Jinning ortidan honasiga ergashdi....

— "Men nima qilishni xohlasam, shuni qilaman, janob Seokjin," — dedi u keskin, har bir so‘zini urg‘u bilan aytib. — "Siz mening o‘qituvchimsiz, xo‘jayinim emas.

Seokjin bu gapni kutmagandi. Uning yuzida g‘azab aralash taajjub paydo bo‘ldi. U qizga yanada yaqinlashib, qo‘lini devorga, Y/N ning boshi yoniga qattiq urdi. Bu harakati bilan u qizni o‘z qurshoviga oldi.

— "Senga juda ko‘p erkinlik berib yuboribman shekilli," — dedi u tishlari orasidan, ovozi xavfli darajada pastlab. — "O‘sha Jungkook bilan borishingga yo‘l qo‘yaman deb o‘ylamaysanmi?

— "Yo‘l qo‘ymaysiz? Qanday qilib? Meni shu xonaga qamab qo‘yasizmi? Yoki baholarimni pasaytirib qasos olasizmi?" — Y/N qat’iyat bilan davom etdi. — "Mayli, nima qilsangiz qiling. Meni qo‘rqita olmaysiz. Men baribir o‘z bilganimdan qolmayman. Jungkook bilan partyga boraman, u yerda raqsga tushaman va vaqtimni chog‘ o‘tkazaman. Siz esa bunga faqat chetdan, g‘azabingizni ichingizga yutib qarab turishingiz mumkin."

Seokjinning nafasi tezlashdi, ko‘zlaridagi qora rang yanada quyuqlashganidek tuyuldi. U odatda hamma uning birgina nigohidan titrashiga o‘rganib qolgan edi, lekin bu qiz... u butunlay boshqacha, bo‘yin egmas edi.

— "Y/N, olov bilan o‘ynashyapsan," — dedi u qizning yuziga juda yaqin kelib, uning lablariga tikilib.

— "Unda kuyishga tayyorman," — deb javob berdi Y/N, zarracha bo‘lsa-da chekinmay. — "Lekin sizning xohishingiz bilan yashamayman. Menga buyruq berishni bas qiling, chunki men baribir ularni bajarmayman."

. Seokjin uning bu qaysarligidan ham g‘azablanar, ham qaysidir ma’noda bu mardligiga mahliyo bo‘layotgan edi.



Davomi bor....

Muallifni hurmat qilgan holda fikr va reak bildirasiz deb umid qilaman xato va kamchilliklar un uzur

Eʼtiboringiz uchun rahmat