𝑯𝒂𝒑𝒑𝒊𝒏𝒆𝒔𝒔 2-𝐟𝐚𝐬𝐥 12-𝐪𝐢𝐬𝐦
Jiminning ko‘zlari qonga to‘ldi. U yerda yotgan qon dog‘lariga qarab, yuragi qinidan chiqib ketgudek ura boshladi. U o‘zini la’natlardi: "Nega uni eshitmadim? Nega o‘sha ruhiy kasal ayolning o‘yiniga uchib, Ynni yolg‘iz qoldirdim?"
U zudlik bilan o‘rnidan turdi va uydagi har bir burchakni ko‘zdan kechirdi. Stol ustida, ag‘darilgan vazaning yonida kichik bir qog‘oz parchasi yotardi. Unda shunday yozilgan edi: *"O‘yin endi boshlandi, Jimin. Seniki bo‘lgan narsani saqlab qolish uchun, avval o‘z gunohlaringni esla."*
Jimin bu xat kimdan ekanini darrov angladi. Bu uning o‘tmishdagi dushmanlari — uning muvaffaqiyatiga va Yn bilan baxtiga hasad qilganlar tomonidan uyushtirilgan tuzoq edi. O‘sha "sevgili" qiz esa shunchaki Jiminni uydan uzoqlashtirish va Yn-ning ko‘z o‘ngida uni yomonotliq qilish uchun yollangan bir vosita edi.
Jimin butun shaharni oyoqqa turg‘azdi. U o‘zining barcha aloqalaridan foydalanib, o‘sha qizni va Ynni qidirishga tushdi. Oradan bir necha soat o‘tgach, uning yordamchilari shahar chekkasidagi tashlandiq bir omborni aniqlashdi.
Jimin u yerga yetib borganida, yomg‘ir savalab yog‘ardi. Ombor ichida Yn-ni stulga bog‘langan holda ko‘rdi. Uning yuzida kichik jarohat bor edi — devordagi qon dog‘lari uning qarshilik ko‘rsatganidan darak berardi. O‘sha "sevgili" bo‘lib kelgan qiz esa bir chekkada qurol ushlab turar, uning ortida esa Jiminning azaliy dushmami — u tanigan bir chehra turardi.
— Uni qo‘yib yubor! — deb baqirdi Jimin, ichkariga otilib kirib.
— Keldingmi, Jimin? — dedi dushmani masxarali ohangda. — Bu qiz uchun hamma narsadan voz kechishga tayyormisan?
Jimin hech ikkilanmasdan qurolini yerga tashladi.
— Uning hech qanday aybi yo‘q. Hamma narsa men bilan bog‘liq. Uni qo‘yib yubor, men bilan nima qilsang qil!
Qisqa, ammo shiddatli to‘qnashuvdan so‘ng, Jimin dushmanlarini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi. U zudlik bilan Yn-ning yoniga yugurib borib, uning bog‘ichlarini yechdi.
Yn Jiminni ko‘rishi bilan uning ko‘kragiga o‘zini otdi. U hali ham qo‘rquvda, lekin Jiminning tirikligidan xursand edi.
— Yn, meni kechir, — deb pichirladi Jimin, uning sochlarini silab. — O‘sha qiz... u shunchaki meni sendan ayirish uchun yuborilgan edi. Men uni hayotimda birinchi marta ko‘rishim. U meni bir necha haftadan beri ta’qib qilib yurgan ekan, men buni senga aytib, qo‘rqitishni xohlamagandim. Bu mening eng katta xatoyim bo‘ldi.
Yn yig‘lab, uning yuziga qaradi.
— Men ishonmasligim kerak edi, Jimin. Lekin u shunchalik ishonarli gapirdiki... men seni yo‘qotdim deb o‘yladim.
Jimin Yn-ning peshonasidan o‘pdi:
— Bizni hech kim ajrata olmaydi. Endi hech qachon seni yolg‘iz qoldirmayman.
Kechki ovqat qizg‘in pallaga kirdi. Suna va Taehyung Italiyaga bo‘ladigan sayohatlari haqida to‘lqinlanib gapirishardi. Yn esa o‘zini imkon qadar "shunchaki tanish"dek tutishga harakat qilar, lekin Jiminning yonida o‘tirib, uning tizzasiga tegib ketayotgan oyog‘idan hayajonlanardi.
— Jimin, — dedi Taehyung sharobidan ho‘plab, — Yn-ni biz yo‘qligimizda xabardor qilib turasan deb umid qilamiz. Bilasan-ku, u biroz parishonxotir, ba’zan ovqatlanishni ham unutib qo‘yadi.
Jimin bosiqlik bilan jilmaydi:
— Xavotir olma, Taehyung-ssi. Yn... — u bir lahza Yn-ga qarab qo‘ydi, uning ko‘zlari mehrdan porlardi, — u juda yaxshi ovqatlanadi. Ayniqsa, tunda kechki soat 2 da muzlatkichni titishni yaxshi ko‘radi.
Stolda sukunat cho‘kdi. Yn-ning tomog‘iga sharbat tiqilib qoldi. Suna va Taehyung hayron bo‘lib Jimin-ga qarashdi.
— Tunda? — deb so‘radi Suna shubha bilan. — Siz buni qayerdan bilasiz, janob Jimin?
Yn zudlik bilan vaziyatni qutqarishga tushdi:
— Ha... anavi... o‘tgan hafta ofisda juda kechgacha qolib ketganimizda... shunda aytib bergandim! Ha, shunday!
Jimin bosiqlik bilan bosh irg‘adi, lekin stol ostida Yn-ning qo‘lini ushlab, barmog‘i bilan ohista siladi. Bu "romantik hujum"dan Yn-ning yuzi battar qizardi.
Keyinroq, ovqat paytida yanada qiziq voqea yuz berdi. Yn-ning likopchasiga unga yoqmaydigan ko‘katlar tushib qolgandi. Jimin hech narsa demasdan, xuddi uydagidek tabiiy harakat bilan Yn-ning likopchasidan o‘sha ko‘katlarni olib, o‘zinikiga o‘tkazib qo‘ydi.
Suna vilkasini qo‘yib yubordi:
— Janob Jimin, siz hozirgina Yn yoqtirmaydigan ko‘katlarni ajratib berdingizmi?
Jimin endi nima deb bahona qilishni o‘ylayotganda, Taehyung birdan stolga urib kulib yubordi:
— Qoyil! Mana buni haqiqiy "Rahbarlik" deydi! Doʻstim sen photo partneringni har bir injiqligigacha bilasan-a?
Taehyung Jiminning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi:
— Bilasanmi, aslida men ham Sunaning barcha injiqliklarini bilaman. Biz erkaklar bir-birimizni tushunishimiz kerak. Italiyadan qaytganimdan keyin, birga baliq oviga boramiz!
Jimin va Taehyung o‘rtasidagi suhbat tezda futbol, biznes va erkaklar o‘rtasidagi "sirlar"ga ulanib ketdi.
Kechki ovqatdan so‘ng, Suna va Taehyung o‘z uylariga ravona bo‘lishdi. Jimin va Yn esa tungi shaharning chiroqlari ostida yolg‘iz qolishdi. Atrofda faqat sokin shabada va uzoqdan eshitilayotgan shahar shovqini...
Jimin Yn-ning qo‘lidan mahkam tutib, uni o‘zining qora lyuks mashinasi tomon boshladi. U mashina eshigini Yn uchun ochib bergach, o‘zi ham rulga o'tirdi. Biroq u uyi tomon haydamadi.
— Qayerga ketyapmiz? — so‘radi Yn
Jimin javob o‘rniga shunchaki sirlib jilmaydi va mashinani shaharning eng baland nuqtalaridan biri — butun shahar kaftdek ko‘rinib turadigan xususiy terrasa tomon burdi.
Ular yetib kelishganida, osmonda yulduzlar charqillab turar, shahar chiroqlari esa xuddi yerga to‘kilgan javohirlardek porlardi. Jimin mashinadan tushib, Yn-ning yoniga keldi va uni orqasidan ohista quchoqladi.
— Bugun juda qo‘rqding-a? — pichirladi u Yn-ning qulog‘iga, uning nafasi Yn-ning bo‘ynini qitiqlab o‘tdi.
— Bir oz... — tan oldi Yn, boshini uning keng yelkasiga qo‘yib. — Taehyung va opam nimadir deb yuborishidan, sizni noqulay ahvolga solishidan qo‘rqdim.
Jimin uni o‘ziga o‘girdi va yuzini kaftlari orasiga oldi. Uning ko‘zlari hozir har qachongidan ham mehribon va chuqur edi.
— Yn, men hech qachon sendan yoki bizning munosabatimizdan uyalmayman. Aksincha, butun dunyoga "Bu qiz — mening hayotim" deb baqirgim keladi.
Ular sekin bir biridan boʻsa oldilar
-Taehyung va Sunani toʻyidan bir kun avval boʻlgan yulduzlar yogʻdusini eslaysanmi...?
Soʻradi Jimin
—ha albatta juda ajoyib boʻlgandi oʻshanda....