🔥 ARSON🔥 3-qism
U hech qachon ushlab boʻlmaydigan olov boʻlsa men hech qachon oʻchirib boʻlmaydigan olov edim
•
•
•
Maktab binosi sekin-asta jimjitlikka cho‘mmoqda edi. Oxirgi qo‘ng‘iroq chalinganiga ancha bo‘lgan, koridorlardagi shovqin-suron tinib, faqatgina uzoqdan eshitilayotgan yomg‘ir tomchilari ovozi qolgan edi.
Seokjin xotirjamlik bilan darsxona eshigini qulfladi. Bu harakat xonadagi taranglikni cho‘qqisiga chiqardi. U sekin qadam tashlab, Y/N o‘tirgan partaga yaqinlashdi. Qiz esa qo‘llarini ko‘ksida chalishtirgancha, unga isyonkorona tikilib turardi.
— "Bugun ham sinfda qolasan, Y/N...!" — dedi Seokjin, uning ovozi har doimgidan ko‘ra pastroq va ohanrabodek chiqdi.
U qizning qarshisida to‘xtadi. Y/N o‘zini dadil ko‘rsatishga urinar, lekin Seokjinning nigohi uni butunlay fosh qilayotgandek edi. Kutilmaganda Seokjin egilib, qizning belidan mahkam tutdi va uni o‘ziga shunday kuch bilan tortdiki, Y/N ning nafasi ichiga tushib ketdi. Keyingi soniyada esa Seokjinning lablari qizning lablariga ehtiros bilan yopishdi. Bu bo‘sa ham jazo, ham ehtiyojdek edi.
Nihoyat bo‘sani uzgan Jin qizga qarab jilmayib qo‘ydi. Uning ko‘zlarida yovuzona, ammo maftunkor bir uchqun bor edi.
— "Hoy nima qilyapsiz, Janob Kim, pedofilmisiz nima balo....?" — ermak qilib gapirdi qiz, yigitni o‘zidan itarish barobarida. Lekin uning bu "vaxshiy" qarshiligi Seokjin uchun shunchaki qiziqarli o‘yindek edi.
— "Nega endi bunday bo‘lar ekan?" — qizni belidan yanada qattiqroq tutgan yigit uning lablariga shunchalik yaqin keldiki, ularning nafaslari birlashib ketdi. — "Men senga shunchaki haqiqiy dars qanaqa bo‘lishini ko‘rsatyapman."
— "Men maktab o‘quvchisiman, menga yaqinlashmang!" — biroz qo‘rqsada dadil gapirdi qiz. Uning vujudida g‘azab va allaqanday shirin bir titroq kurashardi.
— "Sen allaqachon 19 yoshdasan va men senga boshqa maktab bezoriligi bilan shug‘ullanma degan edim, yo‘qsa..." — Seokjinning qo‘llari qizning belidan sekin yuqoriga ko‘tarilib, uning yuzini kaftlari orasiga oldi.
— "Yo‘qsa nima....?" — Y/N bo‘sh kelmaslikka tirishib, uning ko‘zlariga olovli nigoh tashladi.
— "... Hozir ko‘rsataman....."
Seokjin qizni kutilmaganda stol ustiga ko‘tarib o‘tqazdi. Y/N ning qisqa yubkasi biroz yuqoriga ko‘tarildi, lekin u hozir buni o‘ylaydigan holatda emasdi. Seokjin uning ikki yonidan qo‘llarini stolga tirab, qizni o‘z qafasiga oldi.
— "Sening isyoning... sening bu vaxshiyliging menga tanish, Y/N," — dedi Seokjin shivirlab. — "Ota-onang seni ko‘rmaydi, ular uchun sen shunchaki ko‘rgazmali buyum sanalasan. Shuning uchun tish-tirnog‘ing bilan hammaga hujum qilasan. Lekin bu yerda, bu xonada... sen niqob taqa olmaysan."
U qizning bo‘ynidagi bir tutam sochga lablarini bosdi.
— "Bugungi 'boshqa ish' — bu bo‘ysunish darsi. Men senga nafratingni qayerga yo‘naltirishni o‘rgataman. Agar menga qarshi chiqmoqchi bo‘lsang, bunga tayyor tur..."
Y/N uning galstugidan mahkam tutib, o‘ziga tortdi. Uning ko‘zlari yoshlansa-da, lablarida g‘olibona tabassum paydo bo‘ldi.
— "Tayyorman, Janob Kim. Ko‘raylikchi, kim birinchi bo‘lib taslim bo‘larkan. Menmi yoki sizning 'ideal' sabringizmi?"
Y/N stol ustida o‘tirganicha Seokjinga tikilib qoldi. Ammo yigit birdan oldingidek yaqinlashmadi.
Aksincha, bir qadam ortga chekindi-da, chuqur nafas oldi.
Seokjin stol ustidagi qog‘ozlarga ishora qildi.
— “Mayli, bugun bahsni shu yerda tugatamiz,” — dedi u odatdagidan ancha sokin ovozda.
— “Mana bu hujjatlarni tartibga solib chiqasan. Sinf jurnallari, arizalar va test varaqalari aralashib ketgan. Shuni tez bitirsang, ketaverasan.”
Y/N bir lahza hayron bo‘lib unga qaradi.
Hozirgina havoda osilib turgan taranglik endi g‘oyib bo‘lib, o‘rnini g‘alati yengillik egallagandi.
— “Shu ish uchun olib qoldingizmi?” — dedi qiz, qoshlarini chimirib.
— “Ha,” — dedi Seokjin xotirjam. — “Ba’zan jazo degani — foydali ish qilish degani.”
Qiz labini burib qo‘ydi, ammo ich-ichidan bundan xursand ham edi. Chunki imkon qadar tezroq bu yerdan chiqib ketishni istardi. U stol ustidagi qog‘ozlarni oldi-da, ularni sanab, fanlar bo‘yicha alohida-alohida ajrata boshladi.
Seokjin esa deraza yoniga borib, yomg‘ir tomchilariga bir muddat tikilib turdi.
Xonada endi faqat qog‘ozlarning shitirlashi va devor soatining bir maromdagi “chiq-chiq” ovozi eshitilib turardi.
Y/N chaqqonlik bilan ishlardi. Bir papkaga matematika hujjatlarini, boshqasiga adabiyotga oid varaqalarni joyladi.
Direktoratga topshiriladigan arizalarni alohida taxladi.
U qanchalik tez ishlasa, shunchalik tez ozod bo‘lishini bilardi.
Oradan o‘n besh daqiqa o‘tib, qiz papkalarni bir tekis qilib stol ustiga qo‘ydi.
— “Bo‘ldi,” — dedi u g‘urur bilan. — “Hammasini tartibga soldim.”
Seokjin kelib hujjatlarga ko‘z yugurtirdi. Uning yuzida mamnunlik ifodasi paydo bo‘ldi.
— “Yomon emas,” — dedi u. — “Demak, xohlasang eplarkan-san.”
— “Men ko‘p narsani eplayman,” — dedi Y/N yelkasini qisib. — “Faqat menga buyruq berishmasa bo‘lgani.”
— “Xayr, Janob Kim,” — dedi qiz, bu safar odatdagidan kamroq istehzo bilan.
U sumkasini yelkasiga ilib, eshik tomon shoshildi. Jin uning ortidan qarab qoldi. Yn Koridorga chiqqach esa chuqur nafas olib yubordi. Nihoyat ozodlik.
Tashqarida yomg‘ir maydalab yog‘ayotgan bo‘lsa-da, uning kayfiyati allaqachon yengillashib ulgurgandi.
Maktab darvozasi yoniga yetganda telefoniga xabar keldi.
"Qayerdasan? Biz allaqachon savdo markazidamiz!"
Bu dugonalaridan kelgan xabar edi. Y/N darrov jilmayib yubordi va tezda javob yozdi:
"Hozir yetib boraman. Meni kutinglar!"
U bekat tomonga yugurib ketdi. Yomg‘ir ostida mayda qadamlar bilan shosharkan, ichidagi maktabdagi asabiylik ham asta-sekin yuvilib ketayotgandek edi.
Bir soatdan keyin Y/N dugonalari bilan katta savdo markazi ichida aylanib yurardi. Atrof charaqlagan chiroqlar, do‘kon vitrinasi va odamlarning quvnoq shovqini bilan to‘lib-toshgan edi.
Bu muhit maktabdagi dim sinfxonadan butunlay boshqa dunyo edi.
— “Nihoyat kelding!” — dedi dugonalaridan biri, uning qo‘lidan tortib. — “Seni kutib zerikib ketdik.”
— “Meni maktabda olib qolishdi,” — dedi Y/N ko‘zlarini aylantirib. — “Hujjat tartiblatishdi. Go‘yo kotiba bo‘lib ishlayotgandek.”
— “Mayli, endi kayfiyatingni ko‘taramiz,”
— dedi boshqa dugonasi.
— “Avval kiyimlar do‘koniga kiramiz.”
Y/N ham bunga qarshi emasdi. Ular birin-ketin butiklarni aylana boshlashdi. Bir do‘konda Y/N oq rangli, yenglari biroz shishirilgan chiroyli kofta ko‘rib qoldi.
— “Voy, bu senga juda yarashadi!” — dedi dugonasi.
— “Rostdanmi?” — Y/N koftani o‘ziga tutib oynaga qaradi.
— “Ha, juda nafis ko‘rinadi. Sinab ko‘r!”
Y/N kiyim almashtirish xonasiga kirib chiqdi va dugonalari bir zum jim bo‘lib qolishdi.
— “Ana endi gap boshqa!” — dedi ulardan biri. — “Buni albatta olasan.”
Y/N oynadagi aksiga qarab, beixtiyor kulimsiradi. Haqiqatan ham kiyim unga juda yarashgandi. Bir necha daqiqaga bo‘lsa ham barcha asabiy xayollarini unutdi.
Keyin ular aksessuarlar do‘koniga o‘tishdi, bilaguzuklar, sumkalar va atirlarni tomosha qilishdi. Har bir do‘konda alohida kulgu, alohida bahs. Kimdir biror narsani yoqtiradi, boshqasi esa “yo‘q, bunisi yaxshiroq” deb turib oladi.
Shopping orasida ular kafega ham kirishdi. Stol ustiga muzdek ichimliklar va shirinliklar qo‘yilgach, hammaning kayfiyati yanada ko‘tarildi.
— “Endi ayt-chi,” — dedi dugonasi somoncha orqali ichimligidan ho‘plab, — “maktabda nima bo‘ldi o‘zi?”
Y/N bir lahza o‘ylanib qoldi, keyin yelkasini qisdi.
— “Hech nima,” — dedi u. — “Shunchaki odatdagidek gap-so‘z. Keyin esa meni hujjat tartiblatib ushlab qolishdi. Xolos.”
— “Sen bilan zerikarli kun bo‘lmaydi o‘zi,” — deb kuldi dugonasi.
Y/N ham kulib qo‘ydi. Balki bu kun avvalida qanchalik og‘ir boshlangan bo‘lsa, oxiri shunchalik yengil tugayotgandi.
Savdo markazidan chiqishayotganda qizlarning qo‘lida paketlar, yuzida tabassum bor edi. Y/N yomg‘ir to‘xtagan osmonga qarab qo‘ydi.
Bir tomondan xavotirda ham edi Chunki uning birinchi bo'sasini Jin olgandi ammo u xursand bo'lgan tarafi qiz o'zining hayajonlanganini bildirmadi va aynan shuning uchun o'zini g'olib deb hisoblardi
....
Muallifni hurmat qilgan holda fikr va reak bildirasiz deb umid qilaman xato va kamchilliklar un uzur