Today

🔥 ARSON 🔥 5-qism

U hech qachon ushlab boʻlmaydigan olov boʻlsa men hech qachon oʻchirib boʻlmaydigan olov edim


Seokjinning kabinetini tark etarkanman, yuragim g‘azab va qaysarlikdan alangalanib yonayotgan edi. Seokjinning qarshisida egilmasligimga o‘zimga so‘z berdim. Uning har bir so‘zi qulog‘imda yangrardi, ammo bu tahdidlarga ahamiyat bermaslikka qaror qildim.

{Bazm boʻladigon kun}

Kechki payt, partyga bir necha soat qolganida, shkafining oldida bordim. fikrlarim Seokjindan butunlay uzoqda edi, endi diqqat-e’tiborim Jungkook bilan boradigan partyga qaratilgan.

Author/Pov: (Buyogʻiga qahramonlarni nomidan yozib ketaman menimcha shu qulay)

— "Bugun kecha albatta ajoyib bo‘lishi kerak," —

shkafini ochdim. Ichida rang-barang ko‘ylaklar, bluzkalar va yubkalar osilgan edi. Lekin nimanidir o‘ziga xos kk edi. bu kechada nafaqat chiroyli, balki o‘zimga ishongan va Seokjinga ham, boshqalarga ham qoʻyib qoʻyganim borligini koʻrsatishga urinardim.

Keyin hayolimga bir fikr keldi sherigim Jk bn maslahatlasharman.....)

Darhol telefonimni qo‘limga oldim va Jungkookka tezda xabar yozdim:

"Salom, Jk! Partyga tayyorgarlik ko‘ryapman. Ko‘ylak tanlashga qiynalyapman. Sen qaysi rangda kiyim kiyasan? Qaysi rang menga ko‘proq yarashadi deb o‘ylaysan? Biror yorqinroq narsani kiysammi, yoki sal bo‘lsa ham nafisroq narsa bo‘lsinmi?"

Javobni uzoq kutmadim. Bir necha daqiqadan so‘ng un yozdi

Jungkook: "Y/N! Salom! Oh, ko‘ylak masalasimi? Sen har qanday kiyimda chiroylisan, ishon. Lekin bugungi kecha uchun... bilasan-ku, qolganlarga qasdma-qasd qilish kerak, shunday emasmi? Menga qolsa, qandaydir jasur va o‘ziga tortuvchi narsa tanla. Masalan, qizil yoki to‘q ko‘k rang. Lekin asosiysi, o‘zingni qulay his qilishing kerak. O‘ziga ishongan ko‘rinishing juda muhim. Shunda hech kim sening kayfiyatingni buza olmaydi!"

Jungkookning javobidan kulib yubordim. U meni juda yaxshi tushunardi. " qasdma-qasd qilish kerak..." Ha, aynan shunday! Uning bu gapi menga o‘ziga xos kuch berdi.

Yana shkafimga qaytdim. Qizil ko‘ylakni esladim. Yopishgan, tizzagacha bo‘lgan qizil ko‘ylak. Bu juda jasur edi, lekin aynan bugun uchun kerakli bo‘lishi mumkin. Keyin esa zangori, gulli, yengil ko‘ylakni ko‘zdan kechirdim. Bu ham nafis edi, ammo "qasdma-qasd" uchun yetarlicha jasur emasdek tuyuldi.

Qizil ko‘ylakni yana qo‘limga oldim. Bu rang o‘zimga ishonchimni, ichki kuchimni aks ettirardi. Bu Seokjinga qarshi chiqishimning ramzi bo‘lardi. Men uni kiydim. Oynadagi aksimga tikildim. Qizil ko‘ylak tanamga yopishib, har bir egri chiziqni bo‘rttirib turardi. U juda dadil va e'tibor tortuvchi edi. Aynan bugungi kecha uchun. Aynan men uchun.

Jungkookga qizil koʻylak tanlaganimni aytib qoʻydim

Bir necha soatdan soʻng Jk mashinada keldi men ota onamga ketayotganim hâqida xabar berib Jk ni yoniga chiqdim . U ham men koʻylagim rangiga mos kiyim kiygan edi

.

Men uning yoniga yaqinlashganimda, u mashinadan tushib, menga tikildi. Ko‘zlari keng ochilib, butun vujudimni, ayniqsa qizil ko‘ylagimni sinchiklab ko‘zdan kechirdi. Yuzida hayrat va mamnunlik aks etdi. Uning nigohlari ustimdan uzoq vaqt uzilmay qoldi. Lablarida yengil tabassum paydo bo‘ldi.

— "Vau, Y/N... Juda goʻzalsan," — dedi u nihoyat, ovozida biroz hayrat aralashib. Uning ko‘zlari porlab turardi. — "Men senga ishonchliroq narsa tanla deganimda, bu darajada bo‘lishini kutmagandim. "

Men kulib yubordim. Uning maqtovi ichimdagi ishonchni yanada oshirdi.

— "Sen ham juda yaxshi ko‘rinyapsan, Jk. Biz ajoyib juftlik bo‘lib ko‘rinamiz," — dedim unga qarab.

Jungkook mashina eshigini ochdi. Men unga kirib o‘tirdim, u esa o‘z joyiga o‘tdi. Va bazmga tomon yoʻl oldik

Jungkook mashina motorini ishga tushirdi va biz bazm o‘tkaziladigan hashamatli binoga qarab yo‘l oldik. Yo‘l bo‘yi ikkimiz ham hayajon va quvnoq kutish bilan to‘lgan edik. Manzilga yetib kelganimizda, musiqaning ritmi allaqachon tashqarigacha eshitilib turardi. Mashinani to‘xtatib, tushdik. Jungkook menga yorqin jilmayib qo‘ydi.

— "Tayyormisan, yulduzim?" — dedi u.

— "Har qachongidan ham ko‘proq!" — deb javob berdim unga.

Qizil ko‘ylagimda, o‘zimga ishonch bilan, Jungkookning yonida qadam tashladim. Eshikdan ichkariga kirishimiz bilan barcha nigohlar bizga qadaldi. Musiqa bir lahzaga pasaygandek tuyuldi. Ichkaridagi yuzlab odamlar birdan biz tomon o‘girildi. Ularning ko‘pchiligining og‘zi hayratdan ochilib qoldi. Ba’zilar bizga havas bilan, ba’zilar esa hasad bilan boqardi. Men va Jungkook bir-birimizga mos qizil kiyimlarimizda juda jozibador ko‘rinardik. Bu kechada barcha diqqat-e’tibor bizda edi.

Men shinamgina tabassum qildim. Nigohlarning markazida bo‘lish g‘alati, ammo yoqimli edi. Jungkook ham yonimda mag‘rur qiyofada turardi, uning ko‘zlari ham xuddi meniki kabi porlardi.

Biz odamlar orasidan o‘tib, ichkariroq yurib bordik. Shu payt Seokjinning chehrasini ko‘rdim. U olomonning narigi tomonida, bir guruh do‘stlari bilan turardi. Uning yuzida g‘azabning qora bulutlari suzib yurardi. Jag‘lari mahkam qisilgan, ko‘zlari nafrat bilan yonardi. Uning nigohi menga qadalgan edi .Axir u meni Jungkook bilan kelishimni taʼqiqlagan ediku huddiki buni menga ahamiyati bordek.....)

Uning nigohi biroz ochiq qizil ko‘ylagimga tushganida, ko‘zlari yanada kattalashdi. Bir zumda u do‘stlari orasidan ajralib chiqib, biz tomon shiddat bilan yura boshladi. Uning qadamlarida tahdid, yuzida esa portlash arafasidagi vulqonning dahshati bor edi.

Men Seokjinga qarshi chiqdim. U esa to‘g‘ri men tomon kelardi.

U menga yetib keldi. Ko‘zlarida chaqmoq chaqnadi. Hech narsa demasdan, qo‘limdan mahkam ushladi-yu, olomon orasidan boshqa xonaga qarab sudradi. Uning kuchi shu qadar edi-ki, men qarshilik ko‘rsata olmadim. Jungkook va boshqalar hayratda qoldi....

Davomi bor....

Muallifni hurmat qilgan holda fikr va reak bildirasiz deb umid qilaman xato va kamchilliklar un uzur

Eʼtiboringiz uchun rahmat