August 10

И всё-таки мы

«И всё-таки — мы»

2-боб. Uyqu oldidan

Sona nihoyat uyiga yetib keldi.

Soat ancha kech bo‘lib qolgan edi. U eshikni sekin yopib, oyoq kiyimlarini yechdi va charchoq bilan divanga o‘tirdi.

Bugun juda uzun kun bo‘lgandi.

U telefonini stol ustiga qo‘ydi, ammo bir necha soniyadan keyin yana qo‘liga oldi.

Guruh chatida xabarlar ko‘payib ketgandi.

Mina: Bugungi chiqishimizni ko‘rdingizmi? Menimcha, eng zo‘r chiqishlarimizdan biri bo‘ldi! 😭❤️

Ari: Ha! Ayniqsa Sona juda chiroyli chiqdi.

Rin: Sona, sen hali uyg‘oqmisan?

Sona kulib, javob yozdi.

Sona: Ha, endi uyga keldim.

Mina: Uxlashga bor!

Sona: Hali birozdan keyin.

Rin: "Birozdan keyin" deganing ikki soat degani.

Sona kulib yubordi.

Sona: Yaxshi, yaxshi. Hozir boraman.

U telefonini qo‘ymoqchi bo‘ldi.

Ammo shu payt boshqa xabar keldi.

Sona ekranga qaradi.

Notanish emas.

Bu safar ism aniq ko‘rinib turardi.

Namjoon: Uyga yetib oldingmi?

Sona bir necha soniya qotib qoldi.

U Namjoonning raqamini qachon saqlab qolganini o‘zi ham eslamasdi. Balki tadbir tashkilotchilari orqali kontakt almashilgandir.

U sekin javob yozdi.

Sona: Ha, hozirgina yetib keldim.

Javob tez keldi.

Namjoon: Yaxshi. Bugun juda charchagan bo‘lsang kerak.

Sona: Juda.

Namjoon: Men ham.

Sona jilmaydi.

U nega oddiy xabarlar ham unga yoqimli tuyulayotganini tushunmasdi.

Sona: Sen hali uxlamaysanmi?

Namjoon: Yo‘q. Bugungi kun haqida o‘ylab o‘tiribman.

Sona bir oz o‘ylanib qoldi.

Sona: Mukofot haqida?

Namjoon: Hammasi haqida.

Sona: "Hammasi" deganing nimani anglatadi?

Bir necha soniya javob kelmadi.

Sona telefoniga qarab kutdi.

Keyin xabar paydo bo‘ldi.

Namjoon: Bugun juda ko‘p odamlar bilan gaplashdim. Lekin eng ko‘p esda qolgan suhbatim sen bilan bo‘ldi.

Sona beixtiyor jilmaydi.

U javob yozishga shoshilmadi.

Bir necha marta yozib, o‘chirib tashladi.

Nihoyat:

Sona: Nega?

Namjoon: Bilmayman.

Sona: Juda yaxshi javob ekan.

Namjoon: Bugun bu gapni ikkinchi marta aytding.

Sona: Chunki bu safar ham javobing yaxshi emas.

Namjoon: Balki shunchaki sen bilan gaplashish oson bo‘lgandir.

Sona bir muddat ekranga qarab qoldi.

Sona: Men ham shunday his qildim.

U xabarni yuborgach, yuragi biroz tezroq ura boshladi.

Telefonni stolga qo‘ydi.

Bir necha soniyadan keyin yana oldi.

Namjoondan javob kelgan edi.

Namjoon: Unda bugun yaxshi tanishgan ekanmiz.

Sona: Ha.

Namjoon: Sona.

Sona: Ha?

Namjoon: Men seni bir narsani so‘rasam bo‘ladimi?

Sona: So‘ra.

Namjoon: Sen doim shunchalik sokinmisan?

Sona kulib yubordi.

Sona: Yo‘q.

Namjoon: Rostdanmi?

Sona: Men bilan uzoq vaqt birga bo‘lsang, buni tushunasan.

Namjoon: Demak, men seni hali juda kam bilarkanman.

Sona qoshlarini biroz ko‘tardi.

Sona: Shunday ko‘rinadi.

Namjoon: Unda ko‘proq bilishim kerak ekan.

Sona bu xabarni o‘qib, bir necha soniya jim qoldi.

U bu gapga qanday javob berishni bilmasdi.

Oxiri shunchaki:

Sona: Balki.


Bu orada boshqa tomonda Namjoon ham uyiga yetib kelgan edi.

U xonasida deraza yonida turib, telefoniga qarardi.

Bugun u juda ko‘p odamlarni ko‘rgan edi.

Ammo negadir xayolida faqat bitta inson bor edi.

Sona.

U telefonini yana ochdi.

Sona hali ham onlayn edi.

Namjoon yozmoqchi bo‘ldi, ammo bir necha soniya ikkilanib qoldi.

Namjoon: Ertaga jadvaling qanday?

Sona tez javob berdi.

Sona: Ertalab repetitsiya. Keyin fotosessiya. Kechqurun esa intervyu.

Namjoon: Juda band ekansan.

Sona: Seniki-chi?

Namjoon: Deyarli xuddi shunday.

Sona: Demak, ikkovimiz ham bo‘sh vaqt topa olmaymiz.

Namjoon: Afsus.

Sona shu bitta so‘zni o‘qib, jilmayib qo‘ydi.

Sona: Nega afsus?

Namjoon: Chunki bugungi suhbatimizni davom ettirmoqchi edim.

Sona yuragidagi g‘alati iliqlikni sezdi.

Sona: Biz hozir ham gaplashyapmiz-ku.

Namjoon: To‘g‘ri.

Sona: Unda davom ettiramiz.

Namjun: Kelishdik.
--
Soat yarim tundan ham oshib ketdi.

Sona nihoyat yotoqxonasiga kirdi.

U telefonini karavot yonidagi stolga qo‘ydi va chiroqni o‘chirdi.

Ammo ko‘zlarini yumishi bilan bugungi voqealar yana xayoliga keldi.

Sahna, minglab muxlislar, eraza va Namjoonning ovozi.
Telefon yana titradi.

Sona qo‘lini uzatib, ekranga qaradi.

Namjoon: Hayrli tun, Sona.

Sona beixtiyor jilmaydi.

Sona: Hayrli tun, Namjoon.

Bir necha soniyadan keyin yana xabar keldi.

Namjoon: Ertangi kuningga omad

Sona: Senga ham.

Sona telefonini o‘chirib qo‘ydi.

Bu safar u ko‘zlarini yumganida yuzida tabassum bor edi.

U hali bu yangi tanishuv nimaga olib kelishini bilmasdi.

Namjoon ham bilmasdi.

Ammo ikkalasi ham bir narsani tushunib ulgurgandi:

Bugungi uchrashuv ular uchun shunchaki oddiy tanishuv bo‘lib qolmagan edi.

Sona telefonini chetga qo‘yganidan keyin bir necha daqiqa jim yotdi.

Xonada faqat konditsionerning mayin ovozi eshitilardi, U ko‘zlarini yumdi ammo uxlay olmadi.

Bugun Namjun bilan atiga bir necha daqiqa gaplashgan edi. Keyin esa uyga kelgach, ular xabarlar orqali yana uzoq suhbatlashishdi.

Sona o‘zini g‘alati his qilardi, u odatda yangi tanishgan odamlar bilan bunchalik tez erkin gaplashmasdi.

Telefon yana titradi.

Sona uni qo‘liga oldi.

Namjoon: Uxlayapsanmi?

Sona: Yo‘q, Sen nega uxlamayapsan?

Namjoon: Bilmayman. Bugun miyam juda ko‘p narsani o‘ylayapti.

Sona: Masalan?

Namjoon: Buni aytsam, kulmaysanmi?

Sona: Va’da berolmayman.

Namjoon: Juda mehribon ekansan.

Sona: Bilaman 😌

Namjoon kulayotgan emoji yubordi.

Namjoon: Bugun sahnaga chiqishdan oldin nimalar haqida o‘ylading?

Sona biroz o‘ylanib qoldi.

Sona: "Faqat yiqilib tushmasam bo‘ldi" deb o‘yladim.

Namjoon: Rostdanmi? 😂

Sona: Ha!

Namjoon: Men seni juda ishonchli deb o‘ylagandim.

Sona: Tashqaridan shunday ko‘rinaman.

Namjoon: Demak, sir saqlay olarkanman.

Sona: Qanday sir?

Namjoon: Sening ham hayajonlanishing.

Sona kulib yubordi.

Sona: Unda sen ham mening sirimni bilib olding.

Namjoon: Xavotir olma. Hech kimga aytmayman.

Sona: Rahmat.

Bir necha soniya jimlik bo‘ldi.

Keyin Namjoon yana yozdi.

Namjun: Sona.

Sona: Ha?

Namjoon: Idol bo‘lishni bolaligingdan xohlaganmiding?

Sona telefon ekraniga qarab qoldi va Javon berdi

Sona: Ha. Lekin avvaliga bu shunchaki orzu edi.

Namjoon: Qachon jiddiy bo‘ldi?

Sona: Taxminan o‘n besh yoshimda. O‘sha paytda sahnada chiqish qiladigan artistlarni ko‘rib, "Men ham bir kun shu yerda turaman", deb o‘ylaganman.

Namjoon: Va hozir sahnada turibsan.

Sona: Ha.

Namjoon: Orzuing amalga oshgan.

Sona: Lekin ba’zida orzularing amalga oshgandan keyin ham boshqa narsalarni xohlab qolar ekansan.

Namjoon: Masalan?

Sona uzoq vaqt javob bermadi, keyin javob yozdi:

Sona: Oddiy hayot.

Namjun xabarni o‘qib, bir muddat javob bermadi.

Namjoon: Men ham ba’zida shuni xohlayman.

Sona: Qanday oddiy hayot?

Namjoon: Ertalab uyg‘onganimda hech kim meni kutib turmasligi. Shunchaki ko‘chaga chiqib, xohlagan joyimga borish. Kofe ichish. Kitob do‘koniga kirish. Odamlar meni tanimasligi.

Sona: Bu juda yoqimli eshitiladi.

Namjoon: Sen-chi?

Sona: Men ham shunday. Ba’zida bir kun telefonimni o‘chirib, hech kim bilmaydigan joyga ketgim keladi.

Namjoon: Balki bir kuni shunday qilarmiz.

Sona kulimsiradi.

Sona: "Qilarmiz"?

Namjoon: Shunchaki gap.

Sona: Albatta.


Suhbat tobora uzoqlashib borardi,
Ular musiqa haqida gaplashishdi,
Sevimli filmlari haqida,
Bolalikdagi orzulari haqida,
Hatto eng g‘alati odatlari haqida ham.

Sona: Men uxlayotganimda musiqa qo‘yib qo‘yaman.

Namjoon: Qanday musiqa?

Sona: Har xil. Kayfiyatimga qarab.

Namjoon: Men esa ba’zida mutlaqo jimlikda uxlashni xohlayman.

Sona: Demak, biz bir xonada yashay olmas ekanmiz.

Bir necha soniyadan keyin Namjoon javob berdi.

Namjoon: Kim aytdi bir xonada yashashimizni?

Sona xabarni ko‘rib, ko‘zlarini katta ochdi.

Sona: Men shunchaki...

Namjoon: Hazillashdim.

Sona: Juda kulgili.

Namjoon: Rahmat.

Sona: Bu maqtov emas.

Namjun: Men baribir maqtov sifatida qabul qilaman.

Sona kulib yubordi.

U uzoq vaqtdan beri bunchalik yengil suhbatlashmagan edi.


Soat tungi ikki bo‘lib qolgandi.

Sona vaqtga qarab, hayron bo‘ldi.

Sona: Voy, soat ikkiga bo‘libdi.

Namjoon: Bilaman.

Sona: Nega menga aytmading?

Namjoon: Suhbat qiziq edi.

Sona: Ertaga ikkovimiz ham pushaymon bo‘lamiz.

Namjoon: Balki.

Sona: Men hozir uxlashim kerak.

Namjoon: To‘g‘ri.

Sona telefonni qo‘yishga tayyorlandi.

Ammo Namjoondan yana xabar keldi.

Namjoon: Sona?

Sona: Ha?

Namjoon: Bugun uchrashganimizdan xursandman.

Sona jilmaydi.

Sona: Men ham.

Bir necha soniyadan keyin u yana yozdi.

Namjun: Yaxshi uxla.

Sona: Sen ham.

Sona telefonini stolga qo‘ydi.

Bu safar u ko‘zlarini yumdi.

Ammo uyquga ketishidan oldin yuzida yana o‘sha kichkina tabassum paydo bo‘ldi U hali buni sevgi deb atay olmasdi Bu shunchaki qiziqish edi.

Yangi tanishuv, yangi inson, yangi suhbat ammo ba’zan eng katta hikoyalar aynan shunday kichik narsalardan boshlanadi.


Ertalab esa ikkalasini ham juda band kun kutayotgan edi, ularning taqvimida yana repetitsiyalar, suratga olishlar va intervyular bor edi ammo ikkalasi ham bilmagan bir narsa bor edi.
Ertangi kun ularni yana bir bor uchrashtirishi mumkin edi va bu safar ularning uchrashuvi tasodif bo‘lmasligi mumkin edi.

.
.
.
.
.
2-bob yakunlandi.